Soliq qarzdorligini kartadan yeçiş tartibi böyiça savollar

Matn9-yanvar, 2019, 17:222 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uz​​Жамоатчилик назоратининг навбатдаги ғалабаси Норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар лойиҳалари муҳокамаси порталига Марказий банк ва Солиқ қўмитасининг «Солиқ қарзини жи…

Yuqoridagi mavzu yuzasidan ayrim savollarimiz bor

Yuqoridagi masalada jamoatçilik nazorati ğalaba qozondi deya, xursand bölyapmizu, lekin uşbu holat yuzasidan meni bir narsa öylantirib turibdi.

👉 Aslida soliq qarzdorligini plastik kartalardan sözsiz hisobdan çiqariş tartibi haqidagi gap 2018-yil 26-iyundagi PQ-3802-sonli Prezident qarorida belgilangan edi.

👉 Davlat soliq qömitasi ham öz loyihasida mazkur tartibni asosida işlab çiqqanini aytib turibdi. Yaʼni, eʼtibor beringlar, ular ham bu tartibni osmondan olmagan, Prezident qarorida DSQga şunaqa huquq berib qöyilgan edi.

👉 Keyinçalik 6 oy ötib, yaʼni 2018-yil 26-dekabrdagi Prezident qarori asosida avvalgi Prezident qaroriga özgariş kiritildi va bu band bekor qilindi, DSQning uşbu huquqi olib taşlandi.

👉 Şu örinda bizda ayrim savollar paydo bölmoqda:

• nima uçun PQ-3802-sonli Prezident qarori loyihasi huquqiy ekspertizadan ötkazilayotganda qonunga xilof deya eʼtirof etilayotgan mana şu band eʼtiborsiz qolib ketgan?

• nima uçun öşa paytda DSQ, Markaziy bank, Adliya vazirligi va boşqa masʼul taşkilotlar bu bandga eʼtiroz bildirişmagan? Agar eʼtiroz bildirişgan bölsa, unda nimaga eʼtirozlar inobatga olinmasdan loyiha imzo uçun kiritilgan?

• nima uçun mana şu Prezident qarori loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyilmagan? (balki qöyilgandir, men topolmadim). Balki muhokamaga qöyilganida jamoatçilik masalaning uşbu jihatiga eʼtibor qaratib, Prezident qaroriga baribir 6 oydan keyin bekor böladigan bandni kiritmaslikni söragan bölarmidi...

• nima uçun sohaga masʼul taşkilotlarning özi ham bugunga kelib «bu tartib qonunlarga muvofiq emas» deya baholayotgan bandni Prezident qarori loyihasiga kiritganlar va uni imzogaça olib kirganlar ham jazolanmasdan, faqat Prezident qarori asosida oddiy qöşma qaror loyihasini internetga eʼlon qilgan boşqarma boşliği jazolanyapti? Nima, ayb faqat undami?

Uşbu holatga kim izoh beradi? Savollarimizga kimdan javob söraylik? Soliq qömitasi biror izoh berarmikin? Axir PQ-3802-sonli Prezident qarori aynan Davlat soliq qömitasi faoliyati haqida ediku... Kutamiz. Bizning işimiz savol beriş xolos, undan uyoğiga vakolatimiz yöq.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Toşkentda Amiti universiteti taşkil etildi

    01 daqiqa

Yana oʻqing