Davlat soliq qömitasi eʼtirozli hujjat loyihasini öçirdi

Matn15-aprel, 2020, 16:321 daqiqa0 koʻrish

​​Davlat soliq qömitasi eʼtirozlarga sabab bölgan hujjat loyihasini öçirib taşladi

Davlat soliq qömitasi tomonidan eʼlon qilingan jismoniy şaxslarning plastik kartalariga ötkaziladigan pullarni nazorat qilişga oid hujjat loyihasiga keng jamoatçilik, blogerlar, şuningdek Senat, Savdo-sanoat palatasi, deputatlar tomonidan eʼtiroz bildirilgan edi.

Senatning xabar berişiça, kuni keça Davlat soliq qömitasining rais örinbosari imzosi bilan Senatga yöllangan xati olingan (13.04.2020-yildagi 03/2-12794-son bilan). Unda taʼkidlanişiça, maxsus komissiyaning qaroriga muvofiq hujjat loyihasini işlab çiqiş böyiça topşiriqlar ijro muddati ikki oyga uzaytirilgan. Şuningdek, takliflar hamda eʼtirozlarni inobatga olinib, Nizom loyihasi veb sahifadan (regulation.gov.uz) çiqarilgan.

«Albatta, Oliy Majlis Senati Davlat soliq qömitasining tanqid, taklif va eʼtirozlarga töğri munosabatda bölganligini ijobiy baholaydi. Şuningdek, mazkur hujjat loyihasi va şu kabi tadbirkorlarning huquq hamda manfaatlariga daxldor barça meyoriy hujjatlar doimiy nazorat ostida bölişini bildiradi», - deyiladi Senat axborotida.

P.S.: demak DSQ tomonidan «ğalamis va xaypçi» deb taʼna qilingan blogerlar oxir-oqibat haq bölib çiqibdi-da...

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek