Jamoatçilik nazoratining navbatdagi ğalabasi

Matn9-yanvar, 2019, 16:493 daqiqa0 koʻrish

​​Jamoatçilik nazoratining navbatdagi ğalabasi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Markaziy bank va Soliq qömitasining «Soliq qarzini jismoniy şaxslarning bank plastik kartalaridan sözsiz undiriş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş töğrisida»gi qarori loyihasi joylaştirilgan edi.

Bu qaror öz navbatida mulk daxlsizligiga oid konstitutsiyaviy qonunlarga zid tartib edi. Çunki plastik kartadagi mablağlar fuqarolarning mulki, u faqat sud qarori bilangina majburiy olib qöyilişi mumkin.

Uşbu qaror loyihasi eʼlon qilingandan söng, ijtimoiy tarmoqlarda keskin qarşiliklarga uçradi. Maqolalar çop etildi, postlar yozildi, izohlar qoldirildi, qaror loyihasining öziga ham portalda köplab eʼtirozlar bildirildi.

Şundan keyin birin-ketin qiziq işlar röy berdi.

Birinçidan, loyiha 17-dekabrda muhokama qöyilgan bölsa, Markaziy bank 19-dekabr kuni Telegramdagi rasmiy kanali orqali bu loyihaga eʼtirozlarini bildirdi. Bayonotda mazkur qaror loyihasini qonun hujjatlariga, xususan Fuqarolik kodeksi normalariga muvofiqligini taʼminlaş lozimligi taʼkidlandi. «Qanday ezgu maqsad közlangan bölişidan qatʼiy nazar, idoraviy manfaatlar boşqa tarmoqlar yoki butun mamlakat iqtisodiyoti rivojlanişiga salbiy taʼsir yetkazmasligi zarur», - deyildi bayonotda.

Vaholanki, portalga joylangan qaror loyihasida muallif sifatida Markaziy bank ham körsatilgandi. Lekin Markaziy bankning özi “biz bunday qarorga qarşimiz” degani köpçilikni hayron qoldirdi.

Lekin bir narsani tan oliş kerak, Markaziy bankning bunday munosabati köpçilikni quvontirgani rost. Oddiygina 3 ta xatboşidan iborat bayonot bölsa ham, lekin bu şaffoflik uçun tarixiy qadamlardan biri böldi, desam, unçalik mubolağa bölmas. Davlat organlari imi-jimida emas, omma oldida bir-biriga eʼtirozlarini bildirişi qanday ajoyib.

Ikkinçidan, 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli Prezident qarori asosida 2018-yil 26-iyunda qabul qilingan boşqa bir PQ-3802-sonli Prezident qaroriga özgariş kiritilib, 7-bandi 5-xatboşisi çiqarib taşlandi. Bu quyidagiça band edi:

«yuzaga kelgan soliq qarzdorligini soliq tölovçi-jismoniy şaxslarning plastik kartalariga xizmat körsatuvçi bank hisobvaraqlaridan oyiga eng kam oylik iş haqining ikki baravari miqdoridan köp bölmagan summada sözsiz hisobdan çiqariş».

Demak, uşbu band hozirda öz kuçini yöqotdi. Va bu özgariş ham aynan ijtimoiy tarmoqlardagi noroziliklardan keyin bölgani eʼtiborga molik.

Uçinçidan, 8-yanvar kuni Davlat soliq qömitasi bayonot berdi. Unda aytilişiça, mazkur qaror loyihasi böyiça keng jamoatçilik tomonidan bildirilgan eʼtiroz va takliflar örganilganda, loyiha puxta tayyorlanmaganligi, Davlat soliq qömitasi rahbariyatining takliflari va tavsiyalarini inobatga olinmasdan hamda kelişilmasdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylaştirilganligi aniqlangan (menimça, DSQ Yagona portal deganda NHH loyihalari muhokamalari portalini nazarda tutgan, ikkalasi boşqa-boşqa portal).

Va loyihani işlab çiqilişida yöl qöygan kamçiliklar va masʼuliyatsizligi uçun DSQning masʼul boşqarma boşliği egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Bayonot «Davlat soliq qömitasi tomonidan Nizom loyihasi qaytadan körib çiqilmoqda hamda unda jismoniy şaxslarning bank kartalaridan mablağlarni undiriş faqatgina ularning roziligi asosida amalga oşirilişi belgilanadi», - deya yakunlangan.

Xulosa

Mana şunaqa gaplar. Jamoatçilik nazorati orqali inson huquqlari poymol bölişi mumkin bölgan holatning oldi olindi. Agar heç kim eʼtiroz bildirmaganda, «hammayoq tanqidga tölib ketdi, Sizlar faqat tirnoq orasidan kir qidirasizlar, bizda musaffo osmon-ku» degan odamlarning qaraşi bilan iş qilinganda edi, jiddiy salbiy oqibatlar keltirib çiqaradigan qaror tasdiqlanib ketarmidi...

Xullas, hammasi yaxşilikka. Davlat organlari xalqni eşitişmoqda, fuqarolar jamiyat va davlat işlarini boşqarişda bevosita hamda bilvosita iştirok etişda faollaşmoqda. Bu katta narsa! Ilohim, yaxşiliklar bardavom bölsin.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek