Toşkentda Amiti universiteti taşkil etildi

Matn9-yanvar, 2019, 12:401 daqiqa0 koʻrish

Yana bir yangi universitet muborak bölsin

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-yanvardagi PQ-4097-son qarori bilan Toşkent şahridagi Amiti Universiteti taşkil etildi.

Universitetda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida, birinçi navbatda, dasturiy taʼminotni işlab çiqiş, axborot tizimlari va kompyuter tarmoqlarini boşqariş böyiça xalqaro standartlar darajasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi.

Universitetning taʼlim faoliyati 2019/2020 öquv yilidan boşlanadi.

Universitetda öqişni tamomlagan bitiruvçilarga Özbekiston Respublikasida oliy maʼlumot töğrisidagi hujjat sifatida eʼtirof etiladigan Amiti Universitetining (Hindiston Respublikasi) belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

Maʼlumot uçun: Hindistonning Amiti universiteti QS xalqaro reytingida TOP-1000ga kirgan, aniqroği 801-1000-örinda deya eʼtirof etilgan.

Lekin ARWU hamda THE xalqaro reytingida TOP-1000 talikka kiritilmagan. THE reytingida 1001+ örinda belgilangan hamda Osiyo universitetlari orasida 301-350-örinda qayd etilgan.

QS reytingida Osiyo universitetlari orasida 271-280-örinlarida, Hindiston universitetlari orasida esa 41-örinda qayd etilgan.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

Yana oʻqing