Elektron mehnat daftarçalariga ötiş rejasi maʼlum qilindi

Matn8-yanvar, 2019, 14:462 daqiqa0 koʻrish

Vazir elektron mehnat daftarçalariga ötiş rejasini maʼlum qildi

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Şerzod Kudbiyev Kun.uz naşriga bergan intervyusida «elektron mehnat daftari» tizimi nima uçun biroz keyin işga tuşişi haqida tuşuntiriş beribdi.

«Biz keç qoldik. 2019-yil 1-yanvardan belgilangan tartibda yangi, elektron mehnat daftarçasini yuritiş işlari boşlanişi kerak edi. Lekin loyihaning texnik yeçimlari va konsepsiyasini işlab çiqiş işlari 2018-yil may oyida boşlanib, noyabrda yakunlandi. Deyarli 15 million personal tarixini tartibli boşqariş uçun texnik yeçimlarni işlab çiqiş şunça muddat talab etdi», – deydi u.

Vazirga köra, elektron mehnat daftarçasiga ötiş, qoğoz hujjatlarni raqamlaştiriş bilan ifodalanmaydi. Tizim boşqa davlat xizmatlari, birinçi galda, pensiya jamğarmasi bilan integrallaştiriladi. Şuningdek, elektron mehnat daftarçasini yuritiş orqali mehnat bozoridagi haqiqiy kartina tiklanadi, işçilarning mahorati va maoşlar haqida maʼlumotlar paydo böladi.

«Dastlab, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va uning barça tuzilmalari misolida loyiha sinovdan ötkazilişi kutilmoqda. Tizimning beta-versiyasida uçraydigan har qanday muammo va xatolarni 2019-yil aprel oyiga qadar aniqlaşni maqsad qilganmiz. Şundan söng, elektron mehnat daftarçasini yuritiş tizimi takomillaştirilgan holatda barça subyektlar uçun taqdim etiladi.

Avvalo, mehnat şartnomasini tuziş işlariga oid tartibini tayyorlaş kerak. Elektron mehnat daftarçasini personallaştiriş masalasi-çi? Biz boşqa mamlakatlar tajribasini örganib, har bir davlatda bu masala öziga xos yeçim mavjudligini aniqladik. Masalan, Ozarbayjonda mehnatga layoqatli har bir fuqaro ERI (elektron raqamli imzo)ga ega. Ammo Özbekistonda aholi köp, ularni maʼmuriy yöl bilan ERI olişga majburlaş notöğri va buning imkoni ham yöq.

Boşqa yeçim: uyali telefonga boğlaşdir. Ammo köpçilik bir neçta raqamdan foydalanadi. Bir şaxs nomiga rasmiylaştirilgan raqamdan boşqa odam foydalanişi, elektron mehnat daftarçasini bitta raqamga biriktiriş masalasini qiyinlaştiradi», – deydi vazir.

Bundan taşqari, olis hududlarda, aloqa sifati, internetning yaxşi işlamasligi, barçada tarmoqqa ulaniş imkoniyati yöqligi kabi masala ham turibdi.

«Şu sababli lokal xotira bilan işlaydigan dastur işlab çiqiladi. Oraliq vaqt bilan, internet aloqasi paydo bölganda, maʼlumotlar umumiy bazaga yuklanadi.

Sönggi manzil eng qiyini böladi: tizimni joriy etiş kerak. Yirik korxonalarda bu bilan kadr bölimi şuğullanişi mumkin. Bundan ştat mavjud bölmagan kiçik biznes yönalişida esa bu vazifa zimmasiga yuklangan şaxs tomonidan bajarilişi kerak. Bundan taşqari, mehnat bandligini taʼminlovçi markazlarga ham bunday huquqlarni beriş varianti ham körib çiqilmoqda. Biroq dastlab bu jarayonning barça jihatlarini öylab çiqiş lozim», – deb taʼkidladi Kudbiyev. ​

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. 8 yanvar — Prokuratura xodimlari kuni

    01 daqiqa

Yana oʻqing