Kadrlar siyosati va rahbarlar salomatligi muammosi
Bugun ertalabdan şum xabar tarqaldi
2019-yil 6-yanvar. Andijon viloyati hokimi örinbosari Salombek Habibullayev olamdan ötibdi. Toşkentda tavallud topgan va 2018-yilning yanvariga qadar Toşkentda yaşagan, işlagan uşbu mutaxassis infarkt sababli vafot etgan.
2017-yil 6-oktabr. Andijon viloyati Uluğnor tumani hokimi Asilbek Akramoviç Yusupov miyaga qon quyilişi diagnozi bilan kasalxonaga yotqizilgan va kasalxonada jon bergan. Asilbek Yusupov 2017-yilning 22-fevralida Uluğnor tumani hokimi etib tayinlangan edi. Lavozimga tayinlanişdan oldin U Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi suğoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxşilaş jamğarmasini boşqariş departament direktori lavozimida işlagan.
Şunçaki tasodifmi? Bilmadik. Lekin buni alohida fakt sifatida emas, balki umumlaştirib, örganiş kerak. Nega Andijonga Toşkentdan yuborilayotgan kadrlar hayoti ölim bilan tugayapti? Infarkt ham, insult ham oddiy bir yuqumli kasallik emaski, boşqaruvdagi kadr duç kelaversa? Demakki, Andijonda yo “kelgindi” kadrlarga munosabat yomon, yo quyida işlamagan, Toşkentning qulay hayotida yaşab yurgan kadrlarni viloyatlarga yuboriş amaliyoti özini oqlamayapti. Aytişlariça, Asilbek Yusupov bilan vafotidan bir-neça kun avval uçraşganlar uning ança çökib, siqilib qolganiga guvoh bölişgan.
Oxirgi uç yil amaldorlar qatlami juda qattiq stressni boşidan ötkazmoqda. Ayrimlari bu ritmga könikişdi, ayrimlari esa hali ham moslaşişga intilayapti. Lekin soğlom, mamlakatga uzoq naf beradigan kadrlarni bunday ezib taşlaş ham yaxşi emas. Hamma kadr ham bu bosimga, bu ritmga çiday olmaydi — çunki beş qöl baravar emas. Mamlakatda rahbar kadrlarga juda katta ehtiyoj bölib turgan bir şaroitda, bor kadrlarni asramasdan, ularni eziş, avvalo, davlatga, söng xalqimizga katta zarar keltiradi. Bunaqa holatlarni körib turgan çet eldagi vatandoşimiz ham Özbekistonga keliş haqida öylab körsa kerak.
Kadrlar siyosatini qayta körib çiqişning vaqti keldi. 25 yildan beri qabul qilinmayotgan va çang bosib yotgan “Davlat xizmati töğrisida”gi qonunni tezroq qabul qilib, davlat apparatini işlatişning “ruçnoy” emas, balki samarali tizimini yaratişning fursati yetdi. Halol, şu Vatan ravnaqiga xizmati singayotgan kadrlarni ijtimoiy himoyalaş, ularni asraş haqida qayğuriş kerak. Rahbar kadrlarni “qiynaş” bilan özimizga, xalqimizga zarar qilib qöyamiz.
Albatta, bularning barçasi IMHO.
Manba: @davletovuz
Bu borada Sizning fikringiz qanday, hurmatli muştariy?
