Elektron mehnat daftarçasi 2019-yil örtalaridan işga tuşadi

Matn6-yanvar, 2019, 13:463 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Elektron mehnat daftarçasi 2019-yilning örtalaridan işga tuşadi. Hali dastur sinovdan ötyapti ekan

Prezident Farmoniga binoan, 2019-yilning 1-yanvaridan boşlab birinçi marta işga joylaştirilgan xodimlarga qoğoz şaklidagi mehnat daftarçalari berilişi töxtatilişi kerak edi. OAVda “bu tizim qay darajada tayyor özi”, degan maqolalar çop etildi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bu masala böyiça rasmiy bayonot berdi.

Bayonotdan anglaşiladiki, haqiqatdan 1-yanvardan boşlab ommaviy ravişda 1-marta işga kirganlarga elektron mehnat daftarçalarini berişning hozirça iloji yöq.

«2019-yilning 1-yanvaridan “elektron mehnat daftarçasi” amaliyoti dastlab sinov tariqasida faqat Vazirlik tizimida işga tuşirildi.
Bundan közlangan asosiy maqsad, “elektron mehnat daftarçasi”ni Respublika böylab keng tadbiq etişdan avval sinov loyihasi orqali tizim işonçliligini tekşiriş, yuzaga kelişi mumkin bölgan kamçiliklarni aniqlab, ularni bartaraf etiş va tizimni yanada takomillaştirişdan iboratdir»
, - deyiladi bayonotda.

Elektron mehnat daftarçalarini beriş haqidagi Prezident Farmoni 2017-yil 24-mayda qabul qilingan edi. Oradan 1 yilu 7 oy ötdi. Tizimni şu paytgaça sinab körsa bölmasmidi?

Şuningdek, vazirlik bayonotida aytiladiki, «elektron mehnat daftarçasi amaliyotga töliq joriy qilingunça, qoğozli mehnat daftarçasi öz kuçini yöqotmaydi va şu asosda fuqarolar işga qabul qilinadi. Bugungi kunda qoğoz şaklidagi mehnat daftarçalari berilişini töxtatmaslik böyiça Vazirlik tomonidan Aholi bandligiga kömaklaşiş markazlari va boşqa tegişli taşkilotlarga körsatma berilgan».

Demak, 1-yanvardan eʼtiboran 1-marta işga kirganlarga elektron mehnat daftarçalari berilişi haqidagi gaplar hozirça amalga oşmay turibdi. Tizim haqida TVlarda çiqişlar qilindi, OAVlarda maqolalar berildi, rosa tarğibot qilindi, xullas. Lekin amaliyotda hozirça qoğoz körinişidagi mehnat daftarçalarini beriş davom etar ekan. Faqat vazirlikning özini tizimidagi taşkilotlarga işga kirganlargagina elektron mehnat daftarçalari beriladi xolos. Tuşunarli.

Vazirlik rasmiy bayonotida bu tizim qaçondan işga tuşişi mumkinligi haqida ham maʼlumot bergan:

«Elektron mehnat daftarçalarini ommaviy joriy etişni amalga oşiriş 2019-yilning birinçi yarmida rejalaştirilmoqda».

Hozirça bu tizimning huquqiy asoslari ham yaratilmagan edi. Şu sababli vazirlik öz bayonotida «tegişli Qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritilayotganini» eslatib ötgan (1 yilu 7 oy vaqt bor edi).

Vazirlik bayonot oxirida PF-5052-sonli Prezident Farmonida «elektron mehnat daftarçasini 2019-yilning 1-yanvaridan bosqiçma-bosqiç joriy etilişi belgilanganligi» haqida eslatib ötgan. Yaʼni “aynan 1-yanvardan hamma mehnat daftarçalarini elektron körinişga ötkazişga majbur emas edik, bu bosqiçma-bosqiç böladigan iş” deyişmoqçi.

Ha, qisman ular haq, hammanikini birdan elektronga ötkazib bölmaydi. Lekin Prezident Farmonida quyidagiça vazifa belgilangandi:
- 2019-yilning 1-yanvaridan boşlab birinçi marta işga joylaştirilgan xodimlarga qoğoz şaklidagi mehnat daftarçalari berilişini töxtatiş;
- avval işlayotganlarning mehnat daftarçasidagi yozuvlarni bosqiçma-bosqiç elektronlaştiriş.

Ha, mayli, yana yarim yil kutsak kutarmiz. Asosiysi mehnat daftarçalarini elektronlaştiriş boşlanganining özi katta yutuq. Katta qadam. Qolgani bir gap bölar.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek