2019-yildan elektron mehnat daftari tizimi joriy etiladi
2019-yildan mehnat darftarçasidan voz keçiladi, örniga elektron baza joriy etiladi
Yodingizda bölsa, 2017-yil 24-maydagi PF-5052-sonli Prezident Farmonida xodimlarning iş joyi va davlat ijtimoiy suğurtasiga tölov qilgan davri böyiça röyxatga olişning «elektron mehnat daftari» tizimini joriy etiş, 2019-yilning 1-yanvaridan boşlab birinçi marta işga joylaştirilgan xodimlarga qoğoz şaklidagi mehnat daftarçalari berilişini töxtatiş vazifasi belgilangan edi.
Uşbu Farmon ijrosi amalda taʼminlanadigan böldi, demoqda Turon24.
"Mehnat daftarçalari bizda SSSR davridan qolgan va ular foydalaniş uçun juda noqulay. Ulardan voz keçiş vaqti keldi. 2019-yildan işga kirmoqçi bölgan xodimlar mehnat daftarçasini oçişlariga töğri kelmaydi, endilikda ular şunçaki öz maʼlumotlarini elektron bazaga kiritişsa bas", - dedi Moliya vazirining örinbosari Dilşod Sultonov.
Bölajak bazada xodimning barça mehnat faoliyati va daromadi aks etadi. Kerakli maʼlumotni xodimning pasport maʼlumotlarini bazaga kiritgan holda oliş mumkin böladi.
"Hozir soliq idorasi elektron bazaning asosini işlab çiqmoqda va uşbu dastur deyarli tayyor. Endilikda öz oylik maoşingiz haqida "Telegram"dagi @oylikuzbot boti orqali bilib oliş mumkin. Uşbu bot qança oylik maoş tölangani va qançasi soliqqa uşlab qolinganini körsatadi. Şuningdek, bot maoşning qança foizi naqd pulda va qançasi plastik kartada berilganini körsatadi", – dedi Dilşod Sultonov.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
