Mehnat huquqlari buzilişining jamiyatga salbiy taʼsiri

Matn7-yanvar, 2019, 13:432 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Mavzuni davom ettirib...

Mehnat huquqlari böyiça ança avval yozgan bir maqolamda şunday satrlar bor edi:

«Menimça, kundalik turmuşda har doim ham Jinoyat kodeksiga amal qilinmasa qilinmasin, lekin özini hurmat qilgan jamiyatda Mehnat kodeksiga qatʼiy amal qilinişi lozim va lobid.

Agar mantiqan öylab qarasak, juda köp narsa xodimlarning mehnat huquqlari buzilişidan kelib çiqadi:

iş haqlarning kamligi – aksariyat hollarda korrupsiya yoki şu kabi jinoyatlarga yetaklaydi (yoki qaşşoqlikka);

iş vaqtining tayinsizligi (har kuni keçqurun soat 10-11 (yoki undan ham keç)gaça işlaş) – farzandlar tarbiyasining sustlaşişiga yetaklaydi, salomatlikniku gapirmay qöya qolay;

dam oliş kunlarisiz işlaş – ruhiy zöriqiş va oilalardagi notinçlikka yetaklaydi;

taʼtilsiz işlaş – iş sifatining keskin pasayişiga olib keladi;

mehnat muhofazasi taʼminlanmagan joyda işlaş – halok bölganlar va nogironlar sonining köpayişiga sababçi böladi;

işsizlikning yuqori darajasi - jamiyatdagi umumiy norozilik va pessimistlikni keltirib çiqaradi, ijtimoiy muvozanatni izdan çiqaradi.

Balki bularning barçasi bittada sodir bölmas. Yaʼni farzandlar bir kunda betarbiya bölib qolmaydi, oilalar bir kunda ajraşib ketmaydi, bir kunda hamma jinoyatçiga yoki korrupsionerga aylanib qolmaydi. Lekin bu sekin taʼsir qiluvçi oğu, vaqt ötişi bilan jamiyatni falajlaydi, oxir-oqibat baribir salbiy oqibat sodir böladi.

Xodimlarning qadr-qimmati yetarliça taʼminlanmagan, qilgan mehnatiga yaraşa rağbatlantirilmaydigan (qonuniy yöl bilan, albatta) jamiyat rivojlanmaydi. Yoki bir joyda depsinib turaveradi, yoki orqaga ketadi».

Kanalga ulaniş: 👇
@xushnudbek

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek