Özbekistonda tizimlarni elektronlaştiriş muammolari
Qoğozga muhabbat
Yuqoridagi intervyu ança avval, yaʼni ijtimoiy tarmoqlarda elektron mehnat daftarçalari haqida çiqişlar qilinişidan oldin, berilgan ekan. Yaʼni vazirlik muddat masalasidagi muammoni oldindan tan olib, bunga batafsil izoh bergan. Agar şu kabi izohlar oldinroq eʼlon qilinganida yoki vazirlik rasmiy bayonotda ham bu gaplar aks etganida, balki eʼlon qilingan turli maqolalarga hojat ham qolmagan bölarmidi. Kim bilsin.
Har ne bölganda ham Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi oldida turgan juda katta va masʼuliyatli işda omad tilayman.
Darhaqiqat, xolisanillo aytganda, maʼlum bir tizimni elektronlaştiriş öta murakkab va dahmaza iş. Ayniqsa qoğozga yuksak muhabbat qöyilgan bizning şaroitimizda.
Davlat xizmatlari agentligida işlaydiganlar aytişadiki, davlat xizmatlarini elektron körinişga ötkazişda ayrim vazirlik va taşkilotlar bilan işlaş oson emas. Şunaqangi taşkilotlar borki, ularning xizmatlari boşidan oxirigaça faqat qoğozga boğlanib qolgan, birorta bosqiçida hatto nomiga ham kompyuter iştirok etmaydi. Garçi köçada 21-asrning 20-yiliga yaqin qolgan bölsada, lekin içkarida 19-asrning hidi keladi.
Bundan taşqari şu bugungaça elektronlaştirilgan ayrim tizimlar ham çala-çulpa, ularni na boşqa tizimlar bilan integratsiya qilib böladi, na tizimning özini takomillaştirib böladi. Qayta qilib çiqişdan boşqa variant yöq.
Masalan, özim bevosita guvoh bölgan masala. Elektron imzo oliş uçun davlat xizmatlari markaziga borganim haqida aytgan edim. Öşanda mendan oldingi navbatda turgan bir yigit manzil maʼlumotnomasini oliş uçun murojaat qildi. Pasporti yonida. Operator qiz bir narsalarni tekşirgandan söng, “Sizning bu manzilingiz bazada çiqmayapti” dedi. Yigit hayron. “Bölişi mumkin emas, mana pasportimda manzilim tasdiqlangan turibdiku”, - dedi.
Operator qiz yana bir narsalarni tekşirdi va oxiri bölmadi şekilli, kimgadir telefon qildi (menimça, tuman IIBsiga). Özini davlat xizmatlari markazidan ekanligini taniştirib, muammoni tuşuntirdi. Uyoqdan qanaqa javob berildi bilmadimu, lekin gaplaşib bölgaç, “Uzr, Sizni bu manzilingiz bazaga kiritilmagan, tumaningizning pasport stoliga boring, ularga murojaat qilar ekansiz, keyin ular bazaga kiritişarkan” dedi.
Yigit baribir tuşunmadi. “Axir pasportimda peçat turibdiku, nega bazada bölmaydi? Mayli, bazada bölmasa ham, heç bölmasa pasportim asosida maʼlumot bersangiz bölmaydimi?”, - degan savollardan baribir foyda bölmadi. Qaytib ketdi. Ketar jafosida norozi ohangda piçirlab nimalardir dedi, eşitilmadi. Juda yaxşi gap aytmagani aniq.
Nima demoqçiman. Innovatsiya, innovatsiya deymizu, lekin qoğozsiz heç narsani tan olmaymiz, hatto odamning odamligi haqida ham albatta qoğoz talab qilişga örganib qolganmiz. “Internet”, “onlayn”, “elektron” degan atamalarga ayrim taşkilotlarning haligaça allergiyasi borligi açinarli.
Tizimlarni elektronlaştiriş deymizu, lekin bir tiyinga qimmat va bir martalik işlatişga ham arzimaydigan allambalo dasturlar uçun yuz millionlab pullarni sovurib yuboramiz. Ertani emas, bugungi topşiriqni amal-tamal qilib yopişni öylaymiz.
Elektron mehnat daftarçalari tizimi böyiça haqiqatda şunça iş qilinayotgan bölsa, sifatli natija uçun muddatning maʼlum muddatga keçikişi bemalol özini oqlaydi, bu fojia emas. Asosiysi vazifa sidqidildan bajarilib, xalqni ortiqça qoğozbozlikdan qutqaradigan yaxşi tizim yaratilsa böldi.
P.S.: özi dasturçilar heç qaçon dedlaynga rioya qilişmagan )))
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

