Oliy taʼlim tizimida korrupsiyaga qarşi kuraş kuçaytiriladi

Matn6-noyabr, 2019, 15:042 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

«Korrupsiyaga qarşi qattiq kuraşamiz!»

Keça Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti binosida oliy taʼlim tizimida korrursiyaga qarşi kuraşişga bağişlangan katta yiğiliş bölib ötgani haqida xabar bergan edim. Öşa majlisda aytilgan ayrim iqtiboslarni Sizlar bilan ulaşmoqçiman.

Jumladan, Özbekiston Prezidentining davlat xizmati va davlat hokimiyati vakillik organlari bilan hamkorlik qiliş masalalari böyiça maslahatçisi Şerzod Kudbiyev quyidagi fikrlarni aytib ötdi:

«Oliy taʼlim muassasalari davlatimizda olib borilayotgan oşkora siyosatga yetarliça munosabat hamda javob qaytara olmayaptilar.

Oliy taʼlim tizimida bugun keskin qadam qöymas ekanmiz, heç qaçon sohada özgariş bölmaydi!

Salbiy holatlarni Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida ham körişimiz mumkin.

Afsuski, universitet rahbariyati hamda jamoasidan xalqimiz va Prezidentimiz kutayotgan natija bölmayapti. Talabalar bilimini baholaş, ularni kursdan kursga qoldiriş, talabalar safidan çetlaştiriş, öqişga tiklaş va köçiriş jarayonlarida oçiqçasiga korrupsion holatlar hali hanuz davom etmoqda.

Öqituvçilar tomonidan sunʼiy ravişda talabalarning ballari pasaytirilişi, aytingçi, bunday oliyjanob kasb egasining talaba qöliga qaraşi - pastkaş va jirkanç holat emasmi?

Korrupsiyaga qarşi qattiq kuraşamiz! Prezidentimiz aytganlaridek, orqaga yöl yöq, köpriklar yonib ketgan.

Rahbarlar yoki xalqqa xizmat qiladi, yoki ketadi. Ketganda ham oddiy qutulmaydi. Buni bugun prezidiumda ötirganlarni körib ham, xulosa qilsa böladi.

Xalqqa xizmat qilmaydigan, vazifasini suisteʼmol qiladigan, oyoği yerdan uzilgan rahbarlar bilan biz heç qaçon işlay olmaymiz, işlamaymiz ham. Ular munosib jazosini ham oladi.

Bilib qöyinglar, butun oliy taʼlim tizimida örganişlar davom etadi, ularning natijalari töğrisida hali eşitasizlar, keskin çoralar köriladi!

Xuddiki yuqorida aytilgan salbiy holatlar menga tegişli emas, meni aytmadi-ku, degan rektorlar ham oramizda yöq emas.

Bilib qöyinglar, kimda kim şunday öylasa, juda qattiq xato qiladi! Barça maʼlumotlar yetarli! Yuridik universitet, Iqtisodiyot universiteti... Agar hali vaziyat özgarmasa bu röyxat yana davom etadi».

Iqtibos tugadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek