Saylov-2019: nomzodlar körsatiş va MSK vakolatlari

Matn6-noyabr, 2019, 11:552 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

«Saylov-2019»

22-dekabr kuni bölib ötadigan deputatlik saylovlariga ham oz qoldi. Şu sababli bundan buyon kanalimiz orqali #saylov2019 ruknida saylov jarayonlariga oid yangiliklar, siyosiy partiyalar, ularning dasturlari töğrisida maʼlumotlar, saylov qonunçiligiga oid tuşuntirişlar hamda imkon qadar tahliliy materiallar berib borişga harakat qilamiz.

Saylovlar menga begona emas. Köpçilikning xabari bölsa kerak, 2014-yilgi saylovlarida 119-Çiroqçi saylov okrugidan mening nomzodim ham Oliy Majlis deputatligiga qöyilgandi. Öşanda 25 yoş edim. Natijasidan ham köpçilik xabardor bölsa kerak, ayrim sabablar tufayli saylaniş nasib qilmagan. Lekin saylov jarayonlarida özim uçun juda katta tajriba töplaganman. Bu haqida hali yana bafurja gaplaşamiz.

Bugun esa boşqa jihatga eʼtibor qaratmoqçiman. Sönggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda partiyalarning nomzod körsatiş jarayoni haqida turli gap-sözlar yuribdi. Xususan, Oliy Majlisga hamda mahalliy kengaşlarga körsatiladigan nomzodlarga hokimlarning aralaşuvi haqidagi xabarlarni öqib qolyapmiz.

Eng qiziği, negadir bu kabi holatlarda «Markaziy saylov komissiyasi qayerga qarayapti?» degan savollar köpaymoqda. Lekin qançalik hayron qolarli bölmasin, partiyalarning nomzod körsatiş jarayoniga Markaziy saylov komissiyasi aralaşmaydi, bu töliqligiça partiyalarning özi hal qiladigan masala. Qonun böyiça MSK partiyalar işiga aralaşib, “falonçining nomzodini nega körsatmading?” deya olmaydi.

MSK ayrim jihatlari bilan Davlat test markaziga öxşab ketadi. Yaʼni MSK ham, DTM ham maʼlum bir jarayonlarni şaffof, oçiq-oşkora va adolatli ötkazilişi uçun javobgar. Lekin saylov yoki testgaça bölgan va undan keyingi jarayonlarga ular javob bermaydi. Albatta MSKda DTMga qaraganda vakolatlar ança keng, ammo mohiyatan bir-biriga öxşab ketadi.

Ilgari test jarayonlariga rektorlar taʼsir ötkazişga, özining “nomzodlarini” talabalikka ötkazişga qançalik uringan bölsa, hokimlar ham azaldan xuddi şunaqa özlariga yaqin nomzodlarni deputatlikka “saylanişiga” urinib keladi. Bu heç kimga sir emas. Joriy yilda saylovlarga hokimlar yaqinlaştirilmasligi haqida katta vaʼdalar berişmoqda, köp bora taʼkidlaşmoqda, buning natijasini saylov oxirida köramiz.

Muammoning ildizi esa, aslida partiyalarda. Nomzod körsatişda ular mustaqil bölişi kerak. Nomzodlarini kimlardir tasdiqlab bermasligi kerak.

Mayli, kuzataveraylikçi, yangiça saylovlar oldingilaridan qiziqroq ötsa kerak har holda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek