TDIU rektori ishdan olinishi va olomon effekti haqida
Olomon effekti
Yoşligimizda bir ertak bölardi, xon farmonini eʼlon qilgan jarçini olomon toşböron qiladi. Şunda soğlom fikrli insonlardan biri olomonga qarata «hoy, nega jarçiga toş otyapsiz, farmonni xon çiqargan bölsa, unda nima ayb?» desa, odamlar bunga javoban «baribir xonga eʼtiroz bildirişga birortamizning jurʼatimiz yetmaydi, öşançun kuçimiz yetganiga toş ota qolaylik» degan ekan.
Bu – olomon effekti deyiladi. Masala mohiyatini tuşunib yetmasdan, duç kelganga toş otib ketaveradigan olomon...
Keça ham şunday böldi. Iqtisodiyot universiteti rektorining işdan olinişi bilan boğliq xabarga universitet xodimlari va talabalaridan asosan quyidagi mazmundagi eʼtirozlar kelib tuşdi: «Universitetimizda korrupsiya urçigan deyişdan oldin, bizga bir kelib, şaroitlarni körib keting, keyin gapiring», «Xodiyev yaxşi inson, uni korrupsiyada ayblaşga nima haqqingiz bor?», «Blogerlar doim bilib-bilmay yozaveradi» va h.k.
Yuqoridagilarga umumiy qilib javob beraman, tuşungan insonlar özi xulosa qilib oladi.
1️⃣ Birinçidan, Iqtisodiyot universitetida poraxörlik avj olgani haqidagi gapni töqib çiqarganim yöq. 23-avgustda bölgan selektorda Şavkat Mirziyoyev bu haqida quyidagi fikrlarni aytib ötgan edi:
«Men mutlaqo oliy taʼlimdan noroziman... Eng katta poraxörlik qayerda? Yuridik, Moliya, Iqtisodiyot universitetlarida...»
Hurmatli Universitet xodimlari va talabalari, agar jurʼatingiz yetsa, marhamat, eng avvalo Prezidentga eʼtiroz bildirişingiz mumkin. «Avval siz universitetimizga bir kelib köring, keyin gapiring» deyişga özingizda kuç topa olsangiz, bemalol eʼtiroz qilavering. Agar bunga jurʼatingiz yetmasa, unda şu gaplarni xalqqa yetkazgan blogerlarni ayblab yurmang.
2️⃣ Ikkinçidan, TDIUda korrupsiya holatlari avj olganligi tufayli rektorning işdan olinganini ham özimdan-özim töqib çiqarganim yöq. Bu gaplar keça TDIU binosida bölib ötgan katta majlisda yirik davlat amaldorlari tomonidan aytildi. Ularning qölida biror fakt bölmasa, gapirmasa kerak har holda. Men esa öşa gaplarni kanalim orqali jamoatçilikka maʼlum qildim xolos.
Agar bu işni ham notöğri deb bilsangiz, unda marhamat, eng avvalo keçagi majlisga raislik qilgan Prezident maslahatçilariga, Davlat xavfsizlik xizmati raisi örinbosariga hamda Boş prokuror örinbosariga eʼtirozlaringizni ayting. Jurʼatingiz yetsa albatta...
Ularga qarata «Sizlar heç narsani bilmaysizlar, bu gaplarning barçasi yolğon, bilib-bilmay tuhmat qilyapsizlar» deya baralla jar soling, qoyil qolaman. Agar bu qölingizdan kelmasa, unda şu xabarni xalqqa ulaşgan blogerlarni tinç qöying, iltimos.
3️⃣ Uçinçidan, kanalda eʼlon qilingan xabarning birorta joyida B.Xodiyevning korrupsiyaga qöl urgani haqida gap yöq (işonmasangiz, qayta öqib çiqing). Sud hukmi çiqmasdan turib, kimnidir poraxör deyiş mumkin emasligiga juda yaxşi aqlimiz yetadi, Xudoga şukr. Şunçaki, universitetdagi korrupsion holatlar tufayli rektorning işdan olingani aytildi xolos.
Masalan, Şavkat Mirziyoyev eng katta poraxörlik bor, deya tilga olgan Yuridik universitetda ham köp ötmay rektor va öquv işlari böyiça prorektor işdan olindi. Ammo TDYUU rektori Ye.Kanyazov adliya tizimida boşqa lavozimga, yaʼni Intellektual mulk agentligi direktorining örinbosari lavozimiga tayinlandi. Şu sababli Özbekistonda "işdan olindi" degani, biror jiddiy oqibat kelib çiqadi, degani emas. Balki erta-indin B.Xodiyevga ham biror lavozim işonib topşirilar, kim bilsin.
Prinsipim juda oddiy: agar biror şaxsning aybi qonuniy yöl bilan isbotlansa, u kim bölişidan qatʼi nazar jazosini olsin. Agar butun xalq orasida miş-mişlar bor bölsayu, ammo öşa şaxsning aybi qonuniy yöl bilan isbotlanmasa, unda uning xayrli işlarida omad yor bölsin, oilasining boşiga soğ-omon bölsin, deyman. Bor gap şu. Barçasi juda oddiy.
Keçagi izohlarni öqiy turib, Xalq taʼlimi vazirligi eʼlon qilgan xabarni kanalimda qayta ulaşganim uçun, bir maktabning 108 nafar öqituvçisi vazirlik qolib, mening ustimdan şikoyat qilib yurgani esimga tuşib ketdi.
Olomon emas, xalq bölaylik...
👉 @xushnudbek 👈
