Partiyalar deputatlikka nomzodlar röyxatini eʼlon qildi
Partiyalar deputatlikka kimlarning nomzodini körsatmoqda?
#Saylov2019
2-3 kun oldin «nima uçun partiyalar özlari körsatgan nomzodlar röyxatini eʼlon qilmaydi?» deya savol qöygan edim. Şundan söng barça partiyalar tezda munosabat bildirişdi va 150 ta okrug böyiça özlari tomonidan Markaziy saylov komissiyasiga röyxati berilgan nomzodlarni eʼlon qilişdi.
Quyidagi havolalar orqali Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatligiga kimlarning nomzodi ilgari surilganini körib çiqişingiz mumkin:
👉 Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi nomzodlari
👉 Özbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi nomzodlari
👉 Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi nomzodlari
👉 Özbekiston Xalq demokratik partiyasi nomzodlari
👉 Özbekiston Ekologik partiyasi nomzodlari
❗️Bu muhim: röyxatdagilar partiya körsatgan nomzodlar xolos. Hali uşbu nomzodlar rasman Markaziy saylov komissiyasi tomonidan röyxatga olinmadi. Qonun böyiça, MSK kimlarningdir nomzodini röyxatga olişni rad qilişi (tegişli asoslarga köra) yoki partiyalarning özi qaysidir nomzodni qaytarib olib, boşqasiga almaştirişi mumkin. Deputatlikka nomzodlar rasman röyxatga olingaç, qöşimça xabar qilamiz.
P.S.: nomzodlar kontingenti böyiça qiziq tahlillarimiz ham bor, ular bilan rasman röyxat eʼlon qilinganda yana örtoqlaşamiz.
👉 @xushnudbek 👈


