Deputatlikka nomzodlar haqida fikr va mulohazalar
Nomzodlar haqida
Siyosiy partiyalar Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatligiga öz nomzodlarini eʼlon qilgandan keyin bu böyiça turli qaraşlar va fikrlar bildirilmoqda.
Köpçilik negadir nomzodlarni körib, hafsalasi pir bölganini va köngli tölmaganini taʼkidlaşmoqda. Ammo şaxsan meni nomzodlar röyxati mutlaqo ajablantirgani yöq. Barçasi tabiiy, bundan ortiğini kutmagandim. Bunga quyidagilarni asos qilib keltiriş mumkin:
Birinçidan, nomzodlarning barçasi ham internetda maşhur emas, şu sababli begona ism-şarifni körib, “iya, kim bular, qayerdan kelib qoldi özi” deyapmiz. Ammo ular köpçilik aytganday juda unaqa “bir tiyinga” qimmat emas. Respublika yoki viloyat miqyosidagi katta rahbarlardan tortib, oddiy öqituvçilargaça kördim. Har holda hozirgi deputatlar bilan soliştirganda, körsatilgan nomzodlar yoppasiga “noqobil” emas.
Ikkinçidan, ha, töğri, nomzodlarni köra turib, barçasini ham Oliy Majlis deputatligiga loyiq, deb ayta olmaymiz. Ammo bu ham tabiiy hol. Sababi Özbekistonda nomzodini qöyiş mumkin bölgan 750 nafar (5ta partiya 150 ta okrugga körsatgan nomzodlar) salohiyatli va deputatlikka mutlaqo loyiq deb hisoblaş mumkin bölgan mutaxassislarni topib bölmaydi. Bu qay darajada aççiq bölsada, tan olişimiz kerak.
Uçinçidan, biz bilgan va biz kutgan salohiyatli insonlarning barçasi ham öz nomzodini qöyişga rozi bölavermaydi. Ularga deputatlik kerak emas, ular hozirgi işida deputatlardan köproq jamiyatga foydasi tegadi, deputatdan bir neça barobar köproq maoş oladi. Şu sababli majburlasangiz ham, ular nomzodini qöyişga, issiq joyini sovutişga rozi bölmaydi. Şaxsan özim bir neçta ana şunday insonlarni bilaman, deputatlikka nomzodini qöyiş haqidagi takliflarni rad qilişdi.
Törtinçidan, joriy deputatlar orasida qayta nomzodi qöyilganlarning köpçiligi notaniş va yana deputat bölişga noloyiq, deb hisoblayotgan insonlar ham köplab topiladi. Bir narsani tuşuniş kerakki, ötgan 5 yil davomida deputatlik korpusi ijro hokimiyati uçun amaldorlar yetiştirib çiqaruvçi maskanga ham aylanib qoldi. Juda köp deputatlar davlat va nodavlat taşkilotlariga turli lavozimlarga tayinlandi. Masalan, birgina ÖzLiDeP misolida oladigan bölsak, öndan ortiq deputatlar u yoki bu lavozimni egalladi. Bilganlarim:
Abduqodir Toşqulov – TerDU rektori;
Rahimjon Hakimov – Adliya vaziri örinbosari - TDYUU rektori;
Elbek Şukurov – Toşkent şahar hokimi örinbosari;
Rustam Qobilov – Samarqand viloyati hokimi örinbosari;
Jamol Nosirov – Buxoro viloyati hokimi örinbosari;
Ilhom Nosirov – avval Farğona viloyati hokimi örinbosari, hozir Farğona tumani hokimi;
Ötkir Bötayev – Qaşqadaryo viloyati hokimining birinçi örinbosari;
Nodir Rajabov – Jizzax viloyati hokimining birinçi örinbosari;
Dilfuza Urolova – Sirdaryo viloyati hokimi örinbosari.
Bu kabi misollarni boşqa partiyalardan ham köplab köriş mumkin. Yaʼni şundoq ham 5 yil davomida eng yaxşi deputatlar ijro hokimiyati tizimiga ötib ketişgan va ular qayta nomzodini qöyişmaydi. Mana şu faktor ham qayta nomzodi qöyilgan deputatlar tarkibiga yaxşigina taʼsir ötkazmay qolmagan.
Beşinçidan, jamoatçilik aytayotgan fikrlarda ham jon borligini tan olişimiz kerak. Köpçilik kutgan ayrim jamoatçilik vakillari yoki deputatlarning nomzodi körsatilmaganiga biror izoh berilsa, yaxşi bölardi. Lekin ular ham vahimali darajada köp emas. Şaxsan men, birgina deputat Abduraşid Abduqodirov nomzodi qöyilmaganiga biroz (köp emas) ajablandim. Abduraşid aka öz nomzodini qöyişga harakat qilganmi yoki yöq, bunisini ham bilmayman. Balki özi xohlamagandir. Kim bilsin. Agar boşqaça vaziyat bölsa, albatta izoh berilişi kerak.
👉 @xushnudbek 👈

