Toşkent viloyatidagi propiska tizimi tanqid qilindi
Matbuot anjumanida aytgan fikrlarimdan yana biri, propiska degan mantiqsiz tizim ortidan Toşkent şahrining kasriga Toşkent viloyati ham jabr çekayotgani haqida böldi.
Toşkent şahrini mayli, tuşundik, qandaydir manfaatlar tufayli yopilgandir.
Ammo Bekobod, Böka yoki Oqqörğonga propiska nima uçun kerak? Doim Toşkent viloyati oğriqli nuqtamiz deymiz. Balki, bunga propiskayam bir sababdir. U yerga balki şu sabab heç kim bormas, infrastruktura rivojlanmas, boşqa hududdan kelganlar uy sotib ololmas...
Aqlga siğmaydi xullas.
P.S.: Töğri, umuman propiskaning öziga qarşiman, ammo bu tartibni birdan töliqligiça bekor qiliş fantastikadek körinadi menga. Şunga heç bölmasa, bölaklarga bölib-bölib, qutilişga harakat qiliş kerakdir balki.
Video: Xabar.uz
👉 @xushnudbek 👈


