Özbekiston fuqaroligini olişning yangi tartibi belgilanmoqda

Matn9-noyabr, 2019, 12:432 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Özbekiston fuqaroligini oliş uçun özbek tilini biliş şarti qöyilişi kutilmoqda

Matbuot anjumanida aytilgan eng muhim maʼlumot, bu şubhasiz, yurtimizda istiqomat qilayotgan minglab insonlarni xursand qiladigan «Özbekiston Respublikasi fuqaroligi töğrisida»gi qonunning yangi tahriri qabul qilinişi haqida böldi. May oyida jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan uşbu qonun hozirda Oliy Majlis Qonunçilik palatasida körib çiqilayotgan ekan. Yaqin orada qabul qilinişi mumkinligini aytişdi.

👉Yangi qonunga köra, Özbekiston fuqaroligiga qabul qilişning yangi turlari nazarda tutiladi. Jumladan:

Umumiy – Özbekistonda uzluksiz 5 yil yaşagan xorijiy davlat fuqarolari (fuqaroligidan çiqqan bölsa) hamda yaşaş maʼlumotnomasiga ega fuqaroligi bölmagan şaxslarga beriladi;

Soddalaştirilgan – xorijiy davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bölmagan şaxs hisoblangan vatandoşlarga beriladi;

Alohida tartibda – Özbekiston Prezidenti taşabbusi bilan beriladi.

👉 Va eng asosiysi 1995-yil 1-yanvarga qadar doimiy röyxatdan ötgan, xorijiy davlat fuqaroligini olmagan hamda fuqaroligi bölmagan şaxs guvohnomasiga ega bölganlar Özbekiston fuqarosi sifatida tan olinadi. Yurtimizda fuqarolik ololmayotgan, lekin uzoq yillardan buyon Özbekistonda yaşayotgan vatandoşlarimiz soni juda köp. Ular uçun katta xuşxabar bölar edi bu.

👉 Özbekiston fuqaroligi yöqotilişiga olib keladigan uzrli sabablarsiz konsullik hisobiga turmaslik muddati 3 yildan 7 yilga uzaytiriladi.

👉 Özbekiston fuqaroligiga qabul qiliş şarti sifatida davlat tilini muloqot uçun yetarli darajada biliş böyiça talablar qöyiladi.

👉 Bundan taşqari, xorijga çiqiş biometrik pasportini vaqtinça turar joyidan ham oliş imkoniyatini beruvçi qaror loyihasi işlab çiqilib, muhokamaga qöyildi (regulation.gov.uz/uz/document/9777).

Hozirda “zagranpasport” oliş uçun faqat doimiy propiska qilingan hududga boriş şart. Agar uşbu qaror kuçga kirsa, masalan, doimiy propiskasi viloyatda bölgan fuqaro ham Toşkentdan “zagranpasport” olişi mumkin böladi.

Matbuot anjumani davomida jurnalistlar tomonidan nafaqat “zagranpasport”, balki fuqarolik pasportini olişda hududiy çeklovni olib taşlaş taklif qilindi.

👉 Şuningdek, agar fuqarolarda pasport, propiska va fuqarolik masalalarga oid savollari yoki muammolari bölsa, Telegramdagi quyidagi guruh orqali söraşlari mumkinligi haqida xabar berildi.

➡️ @passport_viza

Uşbu guruhda vazirlikning masʼullari berilgan savollarga tezda javob qaytarişlarini taʼkidlaşdi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek