Senatorlar propiskaga oid özgarişlarni maʼqulladi

Matn14-dekabr, 2018, 16:382 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Senatorlar propiskaga oid ayrim özgarişlar haqidagi qonunni maʼqulladi

Yodingizda bölsa, yakşanba kuni Davlat dasturi 56-bandida belgilangan vazifalar qay darajada bajarilganligi haqida yozgandim. Öşanda propiskaga oid ayrim özgarişlar haqidagi Qonun loyihasi fevraldayoq tayyor bölgani, lekin hali qabul qilinmagani eslab ötgandim.

Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida maʼlum qilinişiça, Senatorlar propiskaga oid ayrim özgarişlar aks etgan Qonunni maʼqullabdi. Bungaça deputat Rasul Kuşerbayev öz kanalida uşbu qonun 30-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasida qabul qilingani va Senatga yuborilganini maʼlum qilgandi.

Özgarişlarga köra:
👉 18 yoşga tölmagan şaxslarga öz vaqtida pasport olmagani uçun jazo bekor qilindi;
👉 propiskasiz fuqaroni işga qabul qilgani uçun iş beruvçilarga beriladigan jazo bekor qilindi;
👉 xodimni işga qabul qilişda propiska söraş tartibi bekor qilindi.

Adliya vazirligi öz navbatida uşbu Qonun kuçga kirişi uçun Prezident tomonidan imzolanişi va belgilangan tartibda rasman eʼlon qilinişi lozimligini eslatib ötdi.

Şunday qilib, 2018-yilga möljallangan Davlat dasturining propiskaga oid 56-bandi ijrosi quyidagiça köriniş olmoqda:

BAJARILDI:

✅ pasport oliş, taʼlim oliş, mehnat qiliş va boşqa huquqlarni amalga oşirişda propiska bilan boğliq çeklovlarni bartaraf qiliş;
✅ voyaga yetmagan şaxsning belgilangan muddatda pasport olmaganligi uçun maʼmuriy javobgarlikni bekor qiliş;
✅ mehnat munosabatlari jarayonida pasport tizimi qoidalariga rioya etmaganlik uçun iş beruvçining maʼmuriy javobgarligini bekor qiliş;
✅ vaqtinça yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi böyiça hisobda turmasdan yaşaganlik uçun maʼmuriy jazo çoralarini yengillaştiriş, yaşaşga yöl qöyganligi uçun javobgarlikni bekor qiliş nazarda tutiladi.
✅ mavsumiy işlarga (quriliş, qişloq xöjaligi va boşqa sohalarda) jalb qilinganlarni vaqtinçalik röyxatga oliş tizimini soddalaştiriş, ular uçun uy-joy ijarasi, uy-joydan tekin foydalaniş bitimini tuziş talabini bekor qiliş;
✅ içki turizmni rivojlantiriş maqsadida vaqtinça propiskasiz (yaşaş joyi böyiça hisobga turmasdan) böliş muddatini uzaytiriş;

QISMAN BAJARILDI:

✅❌ Toşkent şahri va viloyatida doimiy propiskaga ega bölgan fuqarolar uçun köçmas mulk sotib oliş böyiça amaldagi talablarni soddalaştiriş;

HOZIRÇA BAJARILMADI:

❌ Toşkent şahri va viloyatida doimiy propiskaga ega bölmagan fuqarolar uçun asossiz spekulyatsiyaning oldini oliş çoralarini körgan holda ikkilamçi bozordan köçmas mulk sotib olişga bölgan çeklovlarni bekor qiliş.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek