Toşkentda vaqtinçalik propiska tartibi özgardi

Matn13-dekabr, 2018, 18:563 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

ESLATMA: vaqtinçalik propiska muddati 1 yilga uzaytirilgan, ijara şartnoma ham şart emas

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-sonli qaroriga asosan vaqtinça propiskaga qöyiş tartibiga özgariş kiritilgan.

Toşkentda vaqtinçalik propiskada turadiganlar bilişi kerak bölgan muhim 2 ta özgariş bor.

Birinçidan, vaqtinça propiskaning maksimal muddati avvalgidek 6 oy emas, balki 1 yil qilib belgilangan.

Ikkinçidan, endilikda vaqtinça propiska oliş uçun ijara şartnomasining notarial tasdiqlangan nusxasini taqdim etiş şart emas. Siz faqat quyidagi hujjatlarni topşirasiz:

1) ariza;
2) pasport (harbiy xizmatçilar uçun — şaxsiy guvohnoma, 16 yoşga tölmagan şaxslar uçun — tuğilganlik töğrisidagi guvohnoma va 35x45 mm ölçamdagi 2 dona rasm);
3) uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) turar joy maydoni beriş töğrisidagi arizasi (roziligi);
4) uy-joy hujjatlarining asl nusxasi (nusxalari olinib, asli qaytariladi);
5) davlat boji tölanganligi töğrisidagi kvitansiya (EKIH 2% — 4 ming söm);

Ammo kuni-keça vaqtinçalik propiska olgan tanişlarim haliyam 6 oyga berişganini, şuningdek, ijara şartnomasi ham söraşganini aytib qolişdi.

Şunga köra, mabodo şu keça-kunduzda muddati tugagan vaqtinça propiskangizni uzaytirmoqçi bölsangiz, 1 yilga uzaytirişlarini sörang. Ijara şartnoma nusxasini topşirişingiz şart emasligini ham unutmang. Haqqingizni talab qiling.

Lekin «pasport stol»dagilar eski usulni qöllaşsa, yaʼni «bizga bunaqa hujjat kelmagan, bizni istruksiyamizda şunaqa, 6 oyga qöyib beraman, ijara şartnoma nusxasini ham topşirasiz» degan gaplarni eşitsangiz hayron bölmang.

Sababi oddiy - Içki işlar vazirining 2016-yil 16-maydagi 79-son buyruği bilan tasdiqlangan yöriqnomaga haliyam özgariş kiritilmagan. Pastdagi ijroçilar esa odatda Vazirlar Mahkamasi qaroriga kiritilgan özgarişlarni tan olmaydi, ular vazir tasdiqlagan «instruksiya» bilan işlaydi. Yaʼni ayrim qoidalarning bekor bölişi uçun hukumat qaroriga özgariş kiritilgani hisob emas, albatta vazirlik va idoralarning instruksiyalari özgarişini kutişga majbursiz! Yuz marta tuşuntir, ming marta yalin, million marta döq ur - befoyda.

Bu tizim xuddi örta asrlardagi «vassalimning vassali mening vassalim emas» degan aqidani yodga soladi. Yaʼni hamma özidan bir boş baland idoraning hujjatini tan oladi xolos. Aslida bunaqa bölmasligi kerak. Bugun ertalabki postimda tuşuntirganimday, qonunga binoan, Vazirlar Mahkamasi qarori va Içki işlar vazirining buyruği bir-biriga zid kelib qolsa (hozir şunaqa, masalan), unda VM qarori ustun böladi. Endi qoğozdagi qoidada şunaqa, amaliyotda doim ham qoğozdagidek bölavermaydi.

Bu masalani tezkor yeçişning oddiy yöli - hamma quyi böğin ijroçilariga xat çiqarib, "toki özgargungaça mana bunaqa tizimda işlab tur" deya topşiriq beriş kerak. Çunki instruksiyaga özgariş kiritişning öziga xos tartibi bor, 1-2 kunda böladigan iş emas. Boz ustiga VMning 22-oktabrdagi qarorining 4-bandida Içki işlar vazirligi 2 oy muddatda öz buyruqlarini moslaştirsin, deyilgan. Bu degani 2 oygaça eski tartibda işlansin, degani emasku lekin.

Umid qilamanki, bunday eskiça işlaş tizimidan tez orada voz keçamiz va hukumat qarorlari toki ijroga qaratilgungaça 2-3 oy ötib ketadigan davrlar endi ortda qoladi.

Qani, borib köringçi, balki bu safar heç bir muammo bölmas, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölimlari yangi tartibdan allaqaçon xabardordir. Tağin kim bilsin...

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek