Özbekistonda Tax free tartibi joriy etiladi
Özbekistonda ham xorijliklar uçun «Tax free» tartibi joriy etiladi
Şavkat Mirziyoyev «Soliq maʼmuriyatçiligini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarorga imzo çekdi.
Qarorga köra:
👉 tadbirkorlik subyektlari aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarlikni tan olib, soliq organlarining javobgarlikka tortiş töğrisidagi qarorini olgan kundan eʼtiboran ön kun muddat içida moliyaviy jarimalarni ixtiyoriy ravişda tölasa, tadbirkorlik subyektlarining mansabdor şaxslari yoki xodimlari yoxud tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanuvçi fuqarolar mazkur huquqbuzarlik uçun jinoiy va maʼmuriy javobgarlikdan ozod etiş tartibi örnatiladi;
👉 2020-yil 1-yanvardan boşlab qöşilgan qiymat soliğini tölaşga ötadigan yuridik şaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar davlat soliq xizmati organlarida uşbu soliqning tölovçisi sifatida majburiy hisobga olinadi va bu qöşilgan qiymat soliği summasini hisobga olişning şarti hisoblanadi;
👉 çet el fuqarolari tomonidan Özbekiston çegarasini kesib ötişda xarid qilingan tovarlar uçun tölangan qöşilgan qiymat soliğini qaytariş (“tax free”) tartibi joriy etiladi;
👉 soliqlar böyiça tölovlarni keyinçalik bölib-bölib foizi bilan qaytariş orqali kamaytirişni nazarda tutuvçi “investitsiyaviy soliq kreditlari” instituti joriy etiladi;
👉 soliq tölovçi – yuridik şaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor unga nisbatan qöllanilgan moliyaviy jarimalar töğrisidagi qarorni olgan kundan boşlab, qöllanilgan moliyaviy jarimalar miqdorining 50 foizini ön kun davomida ixtiyoriy ravişda tölaganda, uni jarima summasining qolgan qismini tölaşdan ozod etiş böyiça moliyaviy jarimalarni undirişning soddalaştirilgan tartibi joriy etiladi;
👉 2019-yil 1-dekabrga qadar buxgalteriya hisobini amalga oşiriş hamda soliq tölovçilar va soliq organlari örtasida real vaqt rejimida maʼlumotlar almaşiş imkonini beradigan, soliq hisobotini topşiriş tizimi bilan integratsiya qilingan buxgalteriya hisobining yagona axborot tizimi işlab çiqiladi;
👉 2020-yil 1-yanvardan boşlab Yagona axborot tizimidan foydalanuvçi tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy-xöjalik faoliyati uşbu dasturiy mahsulotni qöllagan davrida tekşirilmaydi;
👉 “UzTrans” yagona interaktiv axborot tizimi bazasida quyidagilarni taʼminlaydigan “Yuk taşişlar monitoringi” axborot platformasi işlab çiqiladi;
👉 Savdo-sanoat palatasi va Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasi bilan birgalikda insofli tadbirkorlarni rağbatlantiriş va jamoatçilik nazoratini rivojlantiriş maqsadida “Çekni talab qil va sovğa yutib ol” ommaviy aksiyalari ötkaziladi;
Şuningdek, qaror bilan Soliq maʼmuriyatçiligini takomillaştiriş strategiyasi hamda Strategiyani amalga oşiriş böyiça “yöl xaritasi” tasdiqlandi.
Qarorning töliq matni rasmiy manbalarda eʼlon qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈

