Toşkentda propiskani 1-bandga ötkaziş tartibi

Matn9-iyul, 2019, 19:103 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

11-band bilan propiskaga kirganlar Toşkentdan uy sotib olsa, 1-bandga ötadimi?

Bir muştariy bilan propiskaga oid suhbatni eʼlon qilmoqçiman. Uşbu suhbatdan birgina xulosa qiliş mumkin: masʼullarga insof kirayotgani rost bölsin...

3-iyul:
— Assalomu alaykum Xuşnudbek. 11-band bilan 2012-yil Toşkent şahriga doimiy röyxatga ötganman. Tavsiyanoma asosida. 2015-yil nomimga uy sotvoldik va turmuş örtoğim va ikki nafar farzandimzni ham doimiy röyxatga kirittik. Agar fuqaro Toşkent şahrida 3 yil yaşab nomiga uy sotib olsa, 1-band asosida röyxatga almaştirilişi kerak edi. Bir neça marotaba tuman pasport stol bölimiga uçraşganimda 1-bandga ötkazilmasligi böyiça rad javobini oldim. Bu holatda qanday yöl tutgan maʼqul?
— Pasport stolga yozma ariza bering, 1-bandga ötkazişni sörab. Ular yozma javob berişsin. Kun.uzdagi mana bu maqolani öqib çiqib, dastlabki qadamlarni bajaring. Pasport stol rad qiluvçi yozma javob berişsa, qolganini keyin gaplaşamiz.
— Mening daʼvoim asoslimi?
— Ha, asosli.
— Arizada nimalarni kiritişim kerak?
— Ortiqça narsa şart emas. Falon payti 11-band bilan propiskaga kirganman, falon payti uy olganman. Meni 1-band bilan propiskaga ötkazişingizni sörayman, desangiz kifoya.
— Portalga nusxasini yuborişim kerakmismi?
— Yöq, şartmas. Pasport stolga oborib, bitta nusxasini berib, ikkinçisiga imzo qöydirib, özizga olib qoling.
— Katta rahmat sizga, yanada umid berdiz.

8-iyul:
— Assalomu alaykum, Xushnud katta rahmat sizga! Allohim siz kutgan yaxshiliklar bilan siylasin ilohim. Arizam ijobiy hal qilindi va 1-bandga almashtirish bo'yicha ko'rsatma berildi. Erta -indin pasportimni olaman.
— Vaalaykum assalom. Işingiz hal bölganidan xursandman.

9-iyul:
— Assalomu alaykum, Xushnud paspotni oldim va'da qilganimdek screenni yuboryapman.
— Siz bilan bölgan suhbatni kanalda eʼlon qilsam maylimi? Heç qanday ism-şarif va maʼlumotlarsiz. Şunçaki 11-band bilan kirib, uy olganlar 1-band bilan kira olişi va buning uçun ariza yozişlari kerakligi haqida.
— Bemalol. Faqat tartibi quyidagicha bo’ladi:
1. Shaharga borish kerak. 1- band faqat shahar ruxsat bersagina jarayon boshlanadi. Tuman orqali topshirilganda protses ancha cho'zilishi mumkin. Rayonga uchrashganimda xozir tartib o‘zgardi, shaharga borib topshirsangiz kutib qolmasligimni aytishti. Imkoni boricha Shahar migratsiya boshqarmasi rahbari qabuliga kirish maqsadga muvofiq, men aynan shunday qildim.
2. Ijroga yo'naltirgandan so'ng tumanga kelib 11-banddan chiqib, 1- band bo'yicha ro'yxatga qo'yish hujjatlarini rasmiylashtirish ularni tilida ubitya va pribitya.
3. Ro'yxatdan chiqqanlik to'g'risida kvitansiya va qayta 1-band bn ro'yxatga kirish bo'yicha hujjatlar to'plamini olib shaharga topshiriladi.
4. Shahar hujjatlar rasmiylashtirilib pechat bosilganda telefon qiladi.

Suhbat tugadi. Yaşasin, qonun ustuvorligi!

P.S.: yoki rostdan masʼullarga insof kiryapti, yoki ketma-ket sudlarda yutqazgandan keyin közi oçilyapti. Qonun hujjatlariga hurmatsizlik qilişni qaçondir töxtatiş kerakligini tuşunişayotgandir balki.

❗️ESLATMA: 2, 5, 9—11-bandlariga muvofiq Toşkent şahri yoki Toşkent viloyatida doimiy propiska qilingan fuqarolar doimiy propiska qilingan (lavozimida turgan) kundan boşlab uç yil ötgandan keyin turar joy sotib olgan taqdirda, ular va ular bilan birga Röyxatning 2, 5, 9 — 11-bandlariga muvofiq Toşkent şahri yoki Toşkent viloyatida doimiy propiska qilingan fuqarolar uşbu turar joyga Röyxatning 1-bandi böyiça doimiy propiska qilinadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek