Elektron pochtaga kelgan yutuq haqidagi xabarlar — firibgarlik
Manba:Xushnudbek.uz
Salom Xushnudbek. Iltimos bir masalada yordamingiz kerak. Mening ismim ___, __ viloyatida yashayman. Maktabda o'qituchi bo'lib ishlayman. 3-may kuni elektron pochtamga mana bu manzildan UK EU ukuk1188@gmail.com 700 000 evro yutdingiz degan xabar keldi. (Vaşa elektronnaya poçta viigrala 700.000.00eur). Men esa yutuqni qanday tartibda olishim mumkinligi haqida yozib yubordim. 4-may kuni usha e-maildan yana quyidagicha xabar keldi (Eto pismo bilo provedeno OON po borbe s nişçetoy. Prosba
predostavit danniye nije, çtobi mi mogli prodoljit protsess oplati.
1, Polnoye imya
2, Strana
3, rod zanyatiy.)
Men ham qiziqib so'ralgan ma'lumotlarni yozib junatdim. Keyin 5-may kuni yana xabar keldi (Pojaluysta, prişlite etu kopiyu sertifikata banka po elektronnoy poçte:
natplcbnk@gmail.com) Ko'rsatilgan manzilga usha sertifikatni bugun junatdim. Mana sizga usha sertifikatni junataman.
Googledan qidirib ko'rdim bu tshkilotga 1950 yilda asos solingan ekan. Men hech narsaga tushunmadi. Iltimos bu qanaqa yutuq ekani haqida va natijasi nima bo'lishi to'g'risida qimmatli vaqtingizni olsamda bilib bersangiz?
JAVOB: Haliyam şunaqa xatlarga işonadigan odamlar oramizda borligi kişini hayron qoldiradi. Bunday xatlarning barçasi - loxotron!
Firibgarlarning işlaş uslubi oddiy, öta sodda mijozni katta yutuq yutganiga işontiradi va yutuqni olişingiz uçun 100 dollardan 1000 dollargaça bank xarajatlari bor, Siz şu arzimagan summani bizga yuboring, buning evaziga biz Sizga 10 ta Malibu olsa böladigan pulni yuboramiz, qöşa-qöşa hovlilar qurasiz, vada-vang töylar qilasiz, "Abu-Saxiy"dan dökon olib, arendaga berib qöyasiz, degan çöpçaklarni aytişadi.
Ular şunçaki odamlarning oson pul topişga bölgan tuğma qiziqişidan foydalanişadi xolos.
Işonmanglarey bunaqa xatlarga. 21-asrda yaşayotganimizgayam 20 yilça bölib qoldi, bunça sodda bölmaylik, iltimos.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
