Abituriyentlar uçun test tölovini onlayn amalga oşiriş yöriqnomasi

Matn8-iyul, 2019, 18:452 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​⚡️ Abituriyentlar diqqatiga!

Qanday qilib tölovlarni navbatda turmasdan, 5 daqiqada elektron tölaş mumkin?
#abituriyent

Agar Siz hujjat topşiriş payti bank kassalarida soatlab navbatda turişni niyat qilgan bölgansiz, unda darhol bu şaştingizdan qayting.

Quyidagilarni yaxşilab öqib oling hamda qimmatli vaqtingizni va asablaringizni asrab qoling.

Elektron tölov qiliş aslida juda va juda oddiy. Atayin özimda sinab kördim. 5 daqiqa ham ketmadi. Buning uçun quyidagi 4 ta işni bajarasiz:

1) pay.dtm.uz saytiga kirasiz. Çiqqan maydonçaga pasport maʼlumotingiz va telefon raqamingizni kiritasiz hamda «Yaratiş» tugmasini bosasiz;

2) şunda ekranda kvitansiya paydo böladi. Agar banklar orqali tölov qilmoqçi bölsangiz, unda uşbu kvitansiyani printerdan çop etişingiz kerak. Lekin men aytayotgan usulda çop etiş ham şart emas. Şunçaki 14 ta raqamdan iborat invoys raqamini köçirib olsangiz (yozib olsangiz) böldi;

3) endi elektron tölov qilişga ötamiz. Buning bir neçta yöli bor:

a) öşa kvitansiyani tagida «plastik karta orqali tölaş» degan tugmani bosiş;
b) https://pay.upay.uz/checkget?sId=402 manziliga kiriş;
v) iOS yoki Android tizimlaridagi UPAY ilovasi orqali tölaş;
g) upay.uz sayti orqali.

Dastlabki 2 ta usulda invoys raqamini kiritişingiz kifoya, röyxatdan ötiş ham şart emas. Mobil ilova va sayt orqali esa röyxatdan ötişni söraydi.

4) oxirgi bosqiçda plastik karta raqami, amal qiliş muddati va karta ulangan telefon raqamini kiritiş kifoya. Telefonga kelgan SMSni kiritasiz, tamom-vassalom. Tölovni amalga oşirdingiz!

❗️Maʼlumot uçun: uşbu tölov DTM bazasida avtomatik körinadi. Tölaganingizni isbotlaş uçun qanaqadir çek yoki kvitansiya olib borişingiz şart emas.

🔁 Uşbu xabarni abituriyent döstlaringiz yoki ularning ota-onalariga ham yuboring. Toki jazirama issiqda navbatlarda qiynalişmasin, testga yaqin qolganda qimmatli vaqtini havoga sovurişmasin.

P.S.: elektron tölovda 1%, yaʼni ming söm qöşimça xizmat haqi oladi.

Abituriyentlarga oid boşqa xabarlar:
👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek