Kontrakt tölovi uçun soliq imtiyozi amal qilmoqda

Matn8-iyul, 2019, 12:011 daqiqa0 koʻrish

Farzandining kontraktini iş haqidan tölaganda soliq imtiyozi hozir ham bormi?

JAVOB: Ha, bunday imtiyoz hozir ham bor.

Yangi Soliq kodeksi loyihasida kontrakt tölovi uçun ötkazilgan iş haqining soliqqa tortilmasligiga oid imtiyoz bekor qilinişi haqida ilgari ham yozgandim.

Ammo Soliq kodeksining yangi tahriri hali rasman tasdiqlangani yöq. Ammo eşitişimga qaraganda, ayrim buxgalterlar uşbu imtiyoz bekor qilinganini aytişmoqda ekan.

Bu notöğri. Hozir amalda bölib turgan Soliq kodeksining (http://lex.uz/docs/1286558) 179-moddasining 31-bandida uşbu imtiyoz belgilab qöyilgan:

179-modda. Jismoniy şaxslarning soliq solinmaydigan daromadlari

Jismoniy şaxslarning quyidagi daromadlariga soliq solinmaydi:
31) fuqarolarning soliq solinadigan iş haqi va boşqa daromadlarining:
Özbekiston Respublikasi oliy öquv yurtlarida taʼlim oliş uçun (özining öqişi yoki 26 yoşga tölmagan farzandlarining öqişi uçun) yönaltiriladigan summalari;

Bundan taşqari, mabodo kimdir özining yoki 26 yoşga tölmagan farzandining kontraktiga plastik kartoçkasi orqali tölagan va buning natijasida soliq imtiyozi qöllanmagan bölsa, unda soliq organlariga ariza bersa, uşlanmagan soliq miqdorini hisoblab, qaytarib berişadi.

Şuningdek, yangi Soliq kodeksida yoş oila aʼzolari tomonidan olingan ipoteka kreditlarni hamda qişloq joylarda namunaviy loyihalar böyiça yakka tartibda uy-joy uçun olingan ipoteka kreditlarini qoplaş uçun yönaltirilgan daromadlarga ham soliq imtiyozini bekor qiliş rejalaştirilmoqda, ammo uşbu imtiyozlar ham ayni bugungi kunda kuçga ega.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek