Kontrakt tölovi uçun soliq imtiyozi saqlab qolindi

Matn3-yanvar, 2020, 10:072 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Yaxşi xabar: kontrakt tölovi uçun ötkaziladigan iş haqiga soliq imtiyozi saqlab qolindi

‼️Yanada yaxşi xabar: imtiyoz qismiga endi turmuş örtoqlar ham qöşildi

Yodingizdami, ança avval yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasida talabalarning kontraktlariga ötkaziladigan iş haqiga oid imtiyozni butunlay bekor qiliş taklif etilayotgani haqida yozgandim.

Lekin Prezident tomonidan imzolangan yangi tahrirdagi Soliq kodeksida uşbu imtiyoz saqlab qolinibdi. Aksinça imtiyoz avvalgidan ham kengayib, endi turmuş örtoğining (er yoki xotin) kontrakti uçun ötkazilgan iş haqidan ham daromad soliği olinmaydigan bölibdi.

Özi qanday imtiyoz bor edi?

Avvalgi Soliq kodeksining 179-moddasi 31-bandiga binoan, fuqarolarning soliq solinadigan iş haqi va boşqa daromadlarining Özbekiston oliy öquv yurtlarida taʼlim oliş uçun (özining öqişi yoki yigirma olti yoşga tölmagan farzandlarining öqişi uçun) yönaltiriladigan summalari daromad soliğidan ozod qilinar edi.

Bu nima degani?

Masalan, ota öz farzandining kontrakti uçun iş haqining bir qismini, aytaylik 1 mln sömini töğridan-töğri institut hisobiga ötkazadi deylik. Buning uçun institutdan şartnoma (hisob-raqam) olib, taşkilot buxgalteriyasiga ariza berib qöyiş kerak edi. Bunday vaziyatda agar ota 3 mln söm oylik olsa, demak farzandining kontrakti uçun ötkazgan 1 mln sömdan daromad soliği uşlanmas, faqat qolgan 2 mln sömdan soliq olinardi.

Bu yerda asosiy jihat şunda ediki, faqat özining yoki 26 yoşga tölmagan farzandining kontrakti uçungina şunday imtiyoz berilardi. Turmuş örtoği, aka-ukasi, kelini yoki boşqa qarindoşlarining kontrakti uçun iş haqidan ötkazilsa heç qanday imtiyoz qöllanmasdi.

Endi nima böldi?

Yangi tahrirdagi Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga binoan, Özbekiston Respublikasining oliy öquv yurtlarida taʼlim oliş (özining, yigirma olti yoşga tölmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) taʼlim olişi) uçun yönaltiriladigan soliq solinişi lozim bölgan iş haqi va boşqa daromadlariga soliq solinmaydi.

Demak, quyidagi 3 toifaning kontrakti uçun ötkazilgan iş haqlaridan daromad soliği uşlanmaydi:

1) fuqaro özining kontraktiga ötkazsa;
2) 26 yoşga tölmagan farzandining kontraktiga ötkazsa;
3) erining (xotinining) kontraktiga ötkazsa.

Talabalar va ularning ota-onalari yengil nafas olişlari mumkin. Talabalarning turmuş örtoqlari esa xursand bölişga haqli 😊

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 2
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek