Kontrakt tölovi uçun soliq imtiyozi bekor bölmoqda

Matn5-dekabr, 2018, 08:063 daqiqa0 koʻrish

Kontrakt tölovi uçun ötkazilgan iş haqiga soliq imtiyozi bekor bölmoqda

Yodingizdami, yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasida talabalarning kontraktlariga ötkaziladigan iş haqiga oid imtiyoz böyiça ham özgariş kirayotganini yozgan edim. Soliq tizimi mutaxassislari bilan boğlanib, uşbu masalaga oydinlik kiritdik va maʼlum böldiki, mazkur imtiyoz butunlay bekor bölayotgan ekan.

Özi qanday imtiyoz bor edi?

Amaldagi Soliq kodeksining 179-moddasi 31-bandiga binoan, fuqarolarning soliq solinadigan iş haqi va boşqa daromadlarining Özbekiston oliy öquv yurtlarida taʼlim oliş uçun (özining öqişi yoki yigirma olti yoşga tölmagan farzandlarining öqişi uçun) yönaltiriladigan summalari daromad soliğidan ozod qilinar edi.

Bu nima degani?

Masalan, ota öz farzandining kontrakti uçun iş haqining bir qismini, aytaylik 1 mln sömini töğridan-töğri institut hisobiga ötkazadi deylik. Buning uçun institutdan şartnoma (hisob-raqam) olib, taşkilot buxgalteriyasiga ariza berib qöyiş kerak edi. Bunday vaziyatda agar ota 3 mln söm oylik olsa, demak farzandining kontrakti uçun ötkazgan 1 mln sömdan daromad soliği uşlanmas, faqat qolgan 2 mln sömdan soliq olinardi.

Bu yerda asosiy jihat şunda ediki, faqat özining yoki 26 yoşga tölmagan farzandining kontrakti uçungina şunday imtiyoz berilardi. Turmuş örtoği, aka-ukasi, kelini yoki boşqa qarindoşlarining kontrakti uçun iş haqidan ötkazilsa heç qanday imtiyoz qöllanmasdi.

Endi imtiyoz yöq

Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasi katta ehtimol bilan tasdiqlanadi. Va hozirgi variantiga özgariş kiritilmasa, unda 2019-yil 1-yanvardan boşlab kontraktlar uçun beriladigan uşbu imtiyoz bekor böladi.

Yaʼni Siz iş haqingizni özingizni kontraktingizga ötkazasizmi, 26 yoşga tölmagan farzandingizning kontraktiga ötkazasizmi, farqi yöq, baribir daromad soliği uşlab qolinadi.

Kontrakt uçun boşqa qoida saqlab qolinmoqda

Amaldagi SKning 171-moddasi 11-bandiga binoan yuridik şaxslar talabalarning taʼlim olişi uçun, Özbekiston oliy öquv yurti bilan töğridan-töğri şartnomalar böyiça pulli-kontrakt asosida ötkaziladigan tölovlar daromad sifatida qaralmas va soliqqa tortilmasdi. Yaʼni biror yuridik şaxs OTM bilan 3 tomonlama şartnoma tuziş orqali talabaning kontraktini tölab berardi. Bunda ötkazilayotgan pullar maqsadli ekanligini körsatiş uçun şartnomada talaba kelgusida uşbu taşkilot uçun öqişni bitirgaç işlab berişi közda tutilardi.

SKning yangi loyihasida uşbu band saqlab qolinyapti, faqat qöşimçasiga talaba taʼlim oliş tugagandan söng uç yildan kam bölmagan vaqt davomida işlab berişga majbur ekanligi rasman belgilandi.

Bu qoida nega kiritildi?

Naqd pul muammosi paytida uddaburon xalqimiz amaldagi imtiyozdan unumli foydalanişga harakat qilardi. Yaʼni biror firma OTMga kontraktni tölaydi, talaba unga 80-90% naqdini berardi. Vaqtlar kelib firmani tekşirgani kelişgan vaqtda taşkilot talabani öşa paytda işga olganligi haqida nomiga rasmiylaştirilgan buyruq körsatardi.

Ha, töğri, hozir ham xuddi şunday buyruq körsatişlari mumkin, lekin har holda SKga rasman 3 yil işlab berişni qöşib qöyiş ziyon qilmaydi, deb öylaşmoqda loyiha mualliflari.

Kontrakt summasi işçining iş xaqidan yoki boşqa daromadlari hisobidan emas balki iş beruvçi yoki boşqa yuridik şaxsning özining xarajatlari, yaʼni yuridik şaxs foydasining (yoki ziyonda çiqsa ham) özining hisobidan tölanadi. Bu xolatda kontrakt summasi xeç qaçon işçining iş xaqidan uşlab qolinmaydi. (keyinçalik uşlab qoliş va boşqa şu kabi xolatlar bölmaydi.)

XULOSA:

👉 demak, jismoniy şaxslar 2019-yil 1-yanvardan boşlab, özlari yoki farzandlarining kontraktlariga iş haqidan ötkazgani uçun heç qanday soliq imtiyoziga ega bölmaydi;
👉 yuridik şaxslar tomonidan 3 yil işlab beriş şarti bilan talabaning kontrakti uçun ötkazib berilgan summa talabaga daromad hisoblanmaydi va u daromad soliği tölamaydi.

Uşbu turkum postlar soliq sohasi mutaxassislari bilan hamkorlikda tayyorlanmoqda.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek