Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Abituriyentlar uçun qabul tölovlarini onlayn amalga oşiriş

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0

​​Nima uçun bunçalar özimizni qiynaşni yaxşi köramiz-a?

Kun.uz naşri muxbirlari TDTU, TDPU, ÖzMU va TTAga borib, qabul jarayonlarini kuzatibdi. Maqolada navbatlar köpligi, DTM serverida uzilişlar bölayotgani haqida bayon qilingan.

👉 https://kun.uz/73042410

Xususan, avvalgi yilda bitirgan abituriyentlarning qabul uçun tölovni (101 ming söm) amalga oşirişda muammoga duç kelayotgani haqida quyidagi gaplar bor:

• «Har ikki kunda ham uzun navbatlar yuzaga keldi. Şanba kuni esa OTM hududida taşkil qilingan bank kassasi işlamayotganini, abituriyentlar tölov qiliş uçun universitetdan taşqariga çiqişga majbur bölişayotgani, bu ham navbatlar hosil bölişiga taʼsir qilayotganini köriş mumkin edi»;

• «Ota-onalar bu navbatlardan va universitet hududida kassalar işlamayotganidan noroziliklarini bildirib ötişdi»;

• «Faqat abituriyentlar uçun tölov kassalari qabul bölayotgan binoda joylaştirilsa abituriyentlarga ham, ularning ota-onalariga ham qulaylik yaratilar, uzun navbatlarning oldi olingan bölardi».

Nima uçundir bizda zamonaviy özgarişlarni qabul qilişimiz juda qiyin keçadi. Özimizni qiynab bölsa ham, albatta ibtidoiy va qiyin yöllarni tanlaymiz.

Axir tölovlarni mobil telefonning özidayoq 5 daqiqaga qolmasdan amalga oşirsa böladi-ku! Hozir deyarli hammada plastik kartoçka bölsa, internet bölsa, smartfon bölsa, yana nima muammo?

Soatlab issiqda turgandan köra, elektron tölov orqali tölasam yaxşimasmi, deydiganlar kam topilganiga hayron qolyapman. Balki xabari yöqligi uçun şundaydir yoki yangi tizimga işonçsizlikdandir...

Hurmatli, abituriyentlar va ularning ota-onalari! Özlaringizni qiynamang, vaqtingizni behudaga sarflamang. Tölovlarni onlayn tölang. Zamonaviy böling, köçada XXI asrligini unutmang.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek