Rossiyadagi Özbekiston fuqarolari uçun Call-center işga tuşdi
ROSSIYADAGI ÖZBEKISTON FUQAROLARI DIQQATIGA
Özbekiston fuqarolariga konsullik xizmatlari körsatiş sifatini oşiriş maqsadida 2019-yilning 1-iyul sanasidan Özbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elçixonasi Konsullik bölimi negizida yetti kanalli «Call-center» işga tuşirildi. Bu haqida Özbekistonning Rossiyadagi elçixonasi Feysbuk orqali xabar bermoqda.
«Call-center» orqali Özbekiston fuqarolari avtomatik tarzda özbek va rus tillarida konsullik-huquqiy sohasiga doir axborotlarni (Rossiyaning turli hududlaridagi konsullik muassasalarining manzili, iş tartibi va hududiy taqsimoti, körsatiladigan xizmatlar hamda har bir xizmat uçun zarur bölgan hujjatlar) oliş imkoniga egalar.
Yuzaga keladigan savollarni aniqlaştiriş uçun operator bilan boğlaniş imkoniyati mavjud.
«Call-center» raqamlari:
+7 499 2300076
+7 499 2383620
Şuningdek, Özbekistonning Moskva şahridagi Elçixonasi Konsullik bölimi konsullik okrugiga Rossiya Federatsiyasi Markaziy federal okrugi (Belgorod viloyati, Bryansk viloyati, Ivanovo viloyati, Kaluga viloyati, Kostroma viloyati, Kursk viloyati, Lipetsk viloyati, Moskva viloyati, Moskva şahri, Orlov viloyati, Ryazan viloyati, Smolensk viloyati, Tambov viloyati, Tver viloyati, Tula viloyati, Vladimir viloyati, Voronej viloyati, Yaroslav viloyati) kirişini eslatib ötamiz, deyiladi xabarda.
👉 Özbekistonning Vladivostok şahridagi Boş konsulxonasi (Uzoq Şarqiy federal okrug):
690003, Vladivostok şahri, Verxneportovaya köçasi, 46-uy
E-mail: gkuzvlv@mail.ru
tel.: +74232604808, +74232604800;
👉 Özbekistonning Yekaterinburg şahridagi Boş konsulxonasi (Ural federal okrugi):
620075, Yekaterinburg şahri, Karl Libknext köçasi, 22-uy, 6-qavat
E-mail: abdusalomx@yahoo.com
tel.: + 7 (343) 2723133; +7 965 5194222
faks: + 7 (343) 2723166
👉 Özbekistonning Qozon şahridagi Boş konsulxonasi (Volgaböyi federal okrugi):
420107, Qozon şahri, Spartak köçasi, 6-uy, “Suvar-plaza” biznes-markazi
E-mail: kaz.uzconsulate@mfa.uz
tel.: +7 843 5265565, +7 843 5265564
faks: +7 843 5265563;
👉 Özbekistonning Novosibirsk şahridagi Boş konsulxonasi (Sibir federal okrugi):
630005, Novosibirsk şahri, Lomonosov köçasi, 55B-uy.
E-mail: consul2011@inbox.ru
tel.: +7(383) 2460485, 2460484, 2460463, 2460464
Faks: +7(383) 2460462;
👉 Özbekistonning Rostov-Don şahridagi Boş konsulxonasi (Şimoliy Kavkaz federal okrugi va Janubiy federal okrug):
344066, Rostov-Don şaxri, Suvorov kuçasi, 28
Tel: +7 (863) 285 50 57;
👉 Özbekistonning Sankt-Peterburg şahridagi Boş konsulxonasi (Şimoli-ğarbiy federal okrug):
190005, Sankt-Peterburg şahri, 4-Krasnoarmeyskaya köçasi, 4A-uy
E-mail: gkruspb@mail.ru
Tel: +7 812 6010628
Telegramdagi raqam +7-965-029-41-49.
👉 @xushnudbek 👈

