Kanadaga immigratsiya va ideal jamiyat haqida hikoya

Matn4-yanvar, 2019, 10:173 daqiqa0 koʻrish

Manba:Замбаракнинг ўқи

​​Yaqin döstim Bulat (hozir u «Daryo»ning direktori)ga ketiş istagimni bildirsam, u doim taajjublanardi. «Nima qilasan ketib, undan köra yaxşi maşina ol, köçalardagi betartiblikni sezmaysan; uyingga generator örnat, svet ham ketmaydi; bolangni yaxşi maktabga joyla, öqituvçilar bilan gaplaş, yaxşi öqitişadi», derdi. Yaʼni, u atrofimda pufak yaratib, öşa pufak içidan turib taşqarida bölayotgan muammolarga ahamiyat bermaslikni taklif qilardi.

Lekin menga bunaqa pufak töğri kelmasdi, çunki men atrofdagilarga befarq bölolmasdim. Mening uyimda svet bölsa-yu, qöşnimnikida bölmasa, menga sal hunuk tuyulardi, qançalik qulay bölmasin. Bundan taşqari, men taniş-biliş qiliş, kimningdir qöliga pul berib, işni hal qiliş, tilni aylantirib, birovning döppisini ikkinçisiga kiydirişga ança nönoq edim. Men uçun ideal jamiyat — bu qonun-qoidalarga asoslangan, deyarli barça uçun teng jamiyat edi.

Ana şunday jamiyatni izlab, Kanadaga keldim. Va men xohlagan va kutgan köpçilik narsalarni şu yerda topdim. Ikki yarim yildan beri biror marta taniş orqali işimni bitirmadim, pora bermadim, kelişmadim. Hammasi öz-özidan işlaydigan bir jamiyatda istiqomat qilyapman. Töğri, juda köp narsa yöqotdim, ammo topganlarim undan-da köproqdek tuyulyapti menga.

Yaqqol esimda, 2016-yil 28-aprel kuni Talabalar media-konferensiyasida (rusçasida «Studentiçeskaya» deb xato yozilgani esimda) ötirgan edim, yangi Milliy kutubxonada. Telefonimni tekşirsam, Kanadadan imeyl kepti, pasportlaringni yubor, vizani urib beramiz, degan. Közlarimga işonmasdan, uç marta öqib çiqqanman. U paytga kelib umidimni deyarli uzib bölgandim, çunki hujjatlarimni topşirganimga 1 yil-u 4 oy bölgan, xotinim esa ikkiqat edi. Agar viza uçinçim tuğilganidan keyin çiqsa, baribir ketolmasdim, çunki yangi çaqaloqqa yana bir tonna hujjat qiliş kerak edi.

Bu yerga kelib hayotim tubdan, 180 gradusga özgardi, barça muammolarni faqat va faqat özim yeçişimga töğri keldi. Farzandlarimga bölgan masʼuliyatni musofirçilikda töliq tuşunib yetdim. Er-xotin örtamizdagi munosabatlar ham ança sinaldi. Çunki endi yordamga keladigan heç kimim yöq edi yonimda. Ularni yöqotganim yöq albatta, ammo ular endi uzoqda.

Ikki oydan keyin, apil-tapil tayyorgarçilik körib, ota-onam roziligini olib, 28-iyun kuni tuşdan keyin Kalgariga kelib qöndik.

Işqilib, biri qonunlarga qurilgan jamiyatga ketib, özim va farzandlarimga munosib kelajak quriş maqsadi bölgan bölsa, ikkinçisi öz qaysarligimni qondiriş, «mana, qölimdan kelarkan-ku», deb, avvalo özimga-özim isbotlaşim edi. Menimça, maqsadlarimga erişdim.

Bitta xatoimni endi tuşunib yetdim. Ketiş maqsadga aylanib qolmasligi kerak ekan. Maqsad — yaxşi xayot keçiriş bölsa, unga erişişning juda köp yöllari bor. Immigratsiya — şunaqa yöllardan biri, şunçaki instrument ekan.

Mana şunaqa gaplar. Umid qilamanki, maqsadlarimni tuşuntira oldim. Balki siz yuqoridagi gaplarimni öqib, boşqa, özim körmagan maqsadlarimni köra olarsiz, boşqaça xulosa qilarsiz...

Suratda vizam çiqqanini eşitgan adamning reaksiyasi.

Bu hikoyamning ikkinçi qismi. Birinçi qismini kanalimda öqing — https://t.me/zambarakning_oqi/286

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek