3-yanvarda kimlar dam oladi
3-yanvarda kimlar dam oladi?
Ertaga, 3-yanvar - payşanba kuni, haftasiga 6 kun işlaydigan xodimlar uçun rasman iş kuni.
5 kunlik iş haftasida işlaydiganlar uçun esa, ertaga Yangi yildagi «kiçik taʼtil»ning oxirgi dam oliş kuni. 4-yanvardan hamma işga çiqadi.
Olingan xabarlarga köra, bugun, yaʼni 2-yanvar kuni ham köpçilik işga çiqibdi. Garçi rasman dam oliş kuni bölsa ham. Maxsus smenali işda işlaydiganlardan taşqari, qolgan xodimlar bugun işga çiqqan bölsa, unda ularga 2 hissa haq tölaş kerak böladi. Hurmatli iş beruvçilar, xodimlaringizni dam oliş kuni işga çaqirib oldingizmi, unda marhamat, haqqini ham tölab qöying. Unutmang, xodimlar Sizning şaxsiy xizmatkoringiz emas.
Ayrim viloyat hokimlari bugun selektor taşkil qilib, hamma taşkilot rahbar va masʼullarini majlislarga çaqirganmiş. Vaholanki, 2-yanvar Prezident Şavkat Mirziyoyevning maxsus Farmoniga asosan, barça özbekistonliklar uçun dam oliş kuni deya belgilangan. Hokimlarning siyosiy ongini oşiriş kerakmikin, deymanda...
Qaçon mehnat huquqlarini hurmat qilişni örganarkanmiza...
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

