Andijondagi hayvonot boğida şer qorovulni ğajib öldirdi
Andijondagi hayvonot boğida şer qorovulning ölimiga sabab böldi
Boş prokuratura matbuot xizmati Kun.uz’ga uşbu hodisa böyiça baʼzi tafsilotlarni maʼlum qildi.
Qayd etilişiça, 2018-yil 30-dekabr kuni soat 16:30 lar çamasida, «USMONOBOD FAYZI» MÇJga qaraşli Xöjaobod tumani Xidirşa MFYda joylaşgan, işga tuşirilmagan «Hayvonot boği» soqçisi X.A., jamiyatda heç kim yöq vaqtda, bu joyda boqilayotgan 2 ta şer yirtqiç hayvoni yoniga ular bilan öynaş maqsadida borib, qafas içiga kirganida, şerlar X.A.ga taşlangan.
Sud-tibbiy ekspertizasining olingan dastlabki maʼlumotnomasiga köra, «böyin va tananing boşqa sohalarida köplab oçiq yaralar, tananing orqa yuzasida köplab ötkir botiq yaralar jarohatlari» yetkazilişi va ötkir qon tomir yetişmovçiligi natijasida voqea joyida vafot etganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv tuman IIB huzuridagi tergov bölinmasi tomonidan olib borilmoqda.
Tergovga qadar tekşiruv davomida 2018-yil 30-dekabr kuni Sud-tibbiy va sud-kriminalistik ekspertizalari tayinlangan.
Foto internetdan olindi, holatga aloqador emas.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

