Bektemir Meliqöziyev 4 yilga boksdan çetlatildi
AIBA Bektemir Meliqöziyevni 4 yilga boksdan çetlatdi
Özbekiston Milliy antidoping agentligiga Xalqaro boks federatsiyasi (AIBA)ning bergan rasmiy xabarnomasiga köra, özbekistonlik boksçi Bektemir Meliqöziyev 4 yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi.
Sportçi 2020-yil 16-fevraldan boşlab 2024-yil 15-fevralga qadar barça sport musobaqalarida (milliy va xalqaro çempionatlar, turli öyinlar va h.k.) iştirok etiş huquqidan mahrum etildi.
2020-yil 16-fevraldan boşlab musobaqalarda olgan barça medallari va reyting oçkolari bekor qilindi.
Butunjahon antidoping kodeksiga köra, B.Meliqöziyevning professional boksda çiqişlarini davom etişi yoki etmasligi tegişli Xalqaro professional boks taşkilotining qaroriga boğliq böladi. Agar ruxsat beradigan bölsa, diskvalifikatsiyasi tugagungga qadar faqatgina professional boksda jang ötkazişi mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1

