Rossiya MDH davlatlaridan noqonuniy migrantlarni çiqarişni talab qilmoqda

Matn17-aprel, 2021, 17:322 daqiqa0 koʻrish

❗️Rossiya MDH davlatlaridan noqonuniy migrantlarni mamlakat hududidan olib çiqib ketişni talab qilmoqda

Rossiya Federatsiyasi Içki işlar vazirligi joriy yilning 15-iyuniga qadar MDH davlatlaridan ularning mamlakat hududida noqonuniy ravişda bölib turgan fuqarolarini çiqib ketişini talab qilmoqda.

Bu nima degani?

Pandemiya munosabati bilan Rossiya Prezidenti farmoniga binoan, 2021-yil 15-iyungaça migrantlardan işlaş uçun patent, vaqtinça röyxatga turiş talab qilinmasligi, yaʼni muddati tugasa, avtomatik ravişda uzaytirilişi belgilangan edi.

Endi 15-iyundan boşlab RF hududida vaqtinça böliş (yaşaş) huquqiga ega bölmagan (tegişli patent va hujjatlarni rasmiylaştirmagan) MDH davlatlarining fuqarolariga qonuniy çora köriladi va mamlakatdan majburiy çiqarib (deport) yuboriladi.

Rossiya IIVning maʼlumotiga köra, ayni vaqtda Rossiya hududida Özbekistondan bölgan noqonuniy migrantlar soni 332 mingni taşkil qiladi. Şuningdek, Tojikistondan 247 ming, Ukrainadan 152 ming, Ozarbayjondan 120 ming, Qirğizistondan 115 ming, Armanistondan 61 ming, Moldovadan 56 ming va Qozoğistondan 49 ming migrantlar Rossiya hududida noqonuniy bölib turipti.

Maʼlumot uçun, 2020-yil 19-aprelda Rossiya parlamentining yuqori palatasi tomonidan Özbekiston fuqarolariga patent muddati tugagan bölsa, 90 kun mobaynida uni qayta rasmiylaştirmasdan faoliyat yuritişlariga ruxsat berişga oid tegişli qonun maʼqullangan edi.

Uşbu qonun maʼqullangani munosabati bilan Özbekiston Senati raisi Tanzila Narbayeva Rossiya hukumati va hamkasbi Valentina Matviyenkoga minnatdorlik bildirgandi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek