Migratsiya agentligi Rossiyadagi özbekistonliklarga murojaat qildi
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada bölib turgan Özbekiston fuqarolariga murojaat bilan çiqdi
Rossiya Federatsiyasi Içki işlar vazirligi joriy yilning 15-iyuniga qadar MDH davlatlaridan ularning mamlakat hududida noqonuniy ravişda bölib turgan fuqarolarini olib çiqib ketişi haqida ogohlantirgandi. Buning sabablari haqida avvalroq maʼlum qilgan edik.
Şu sabab Özbekiston Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada noqonuniy bölib turgan yurtdoşlarimizga 2021-yilning 15-iyuniga qadar yaşaş joyidagi Rossiyaning tegişli içki işlar organlariga murojaat qiliş orqali qonuniylaştirişni tavsiya qilmoqda.
Agar Özbekiston fuqarolari Rossiyaning tegişli içki işlar organlariga qonuniylaştiriş uçun murojaat qilsa, şu vaqtgaça Rossiyada noqonuniy bölib turgani uçun mamlakatdan maʼmuriy çiqarib yuborilmaydi (deportatsiya) hamda ularga yaşaş joyidagi migratsiya bölimidan qayta röyxatdan ötiş imkoniyati beriladi.
Agar yurtdoşlarimizga uşbu masalada yordam kerak bölsa, Özbekistonning Moskva şahridagi elçixonasi va Rossiya mintaqalaridagi boş konsulxonalariga hamda Taşqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaat qilişlari mumkin.
Maʼlumot uçun: Rossiya hududida 300 ming nafardan ortiq Özbekiston fuqarolari noqonuniy bölib turgani maʼlum qilindi.
👉 @xushnudbek 👈
