Rossiyada özbekistonliklar uçun patent muddati uzaytirildi

Video19-aprel, 2020, 10:593 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

⚡️Rossiyadagi yurtdoşlarimiz diqqatiga!

Yodingizda bölsa, Senat raisi Tanzila Narbayeva Valentina Matviyenko nomiga maktub yöllab, Rossiyada mehnat qilayotgan özbekistonliklarga pandemiya şaroitida yordam berişni söragan edi.

Rossiya parlamentining yuqori palatasi tomonidan mazkur maktubga javoban tegişli qonun maʼqullandi. Unga köra, ayrim davlatlar, şu jumladan Özbekiston fuqarolariga patent muddati tugagan bölsa, 90 kun mobaynida uni qayta rasmiylaştirmasdan faoliyat yuritişlariga ruxsat berildi.

❗️Keça Rossiya Prezidenti Vladimir Putin imzolagan maxsus Farmonga muvofiq, 2020-yil 15-martdan 15-iyungaça işlaş uçun patent, vaqtinça röyxatga turiş talab qilinmaydi, yaʼni muddati tugasa, avtomatik ravişda uzaytiriladi.

Özbekiston Senati raisi Tanzila Narbayeva öz navbatida Rossiya hukumati va hamkasbi Valentina Matviyenkoga uşbu özgariş uçun minnatdorlik bildirdi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 2
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek