Tanzila Narbayeva Rossiyadagi özbekistonliklarga yordam söradi
Tanzila Narbayeva Valentina Matviyenkoga maktub yöllab, Rossiyadagi Özbekiston fuqarolariga amaliy yordam berişni söradi
Ijtimoiy tarmoqlar orqali Oliy Majlis Senatiga Rossiya Federatsiyasida hozirgi murakkab şaroitda işsiz, mablağsiz qolgan fuqarolarimizdan karantin tugagunça va mehnat bozori töliq tiklanguniga qadar patentni qayta rasmiylaştiriş, bekor qiliş, jismoniy şaxslar daromadidan olinadigan soliqning tölaş muddatini keçiktiriş imkoniyatini körib çiqiş masalasida yordam sörab murojaatlar kelib tuşmoqda.
Şularni inobatga olib, Senat Raisi Tanzila Narbayeva Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengaşi Raisi Valentina Matviyenkoga maktub yölladi.
Maktubda Rossiya Federatsiyasida bölib turgan Özbekiston fuqarolarining yuqorida qayd etilgan muammolariga ham eʼtibor qaratilib, ularni tezkorlik bilan hal qilişda amaliy yordam körsatiş söralgan.

