SÇR tölovini arzonlaştiriş yoki muqobil variant topiş kerak
Manba:Oliy Majlis Senati
T.Narbayeva: Safarbarlik çaqiruv rezervidagi xizmat tölov miqdorini yoki arzonlaştiriş yoki muqobil variantini topiş kerak
Senatning ön sakkizinçi yalpi majlisida “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat töğrisidagi Qonun muhokamasida senatorlar tomonidan mamlakatimizda tizimda amalga oşirilayotgan işlarga urğu berildi.
Qolaversa, muddatli harbiy xizmatga çaqiriş va safarbarlik çaqiruvi rezervidagi xizmatni ötaş borasidagi sayʼ-harakatlar töğrisida söz yuritildi.
Senatorlar öz navbatida, ijtimoiy tarmoqlarda safarbarlik çaqiruv rezervidagi harbiy xizmatni ötaş uçun tölanadigan mablağlar miqdorining yuqori ekani, bu esa aholi orasida turli eʼtirozlarga sabab bölayotganini taʼkidladi.
Senat Raisi mazkur fikrlarni qöllab-quvvatlagan holda safarbarlik çaqiruv rezervidagi xizmatni ötaş tölov miqdorini yoki arzonlaştiriş yoki muqobil variantini topiş yuzasidan Mudofaa vazirligi masʼullariga ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga tegişli takliflarni kiritişi yuzasidan topşiriq berdi.



