Turkiy kengaşning koronavirusga bağişlangan sammiti
Bugun Prezident Şavkat Mirziyoyev Turkiy kengaşning koronavirus taraqalişiga qarşi kuraşişda umumiy saʼy-harakatlarni muvofiqlaştirişga bağişlab videoanjuman tarzida ötkaziladigan navbatdan taşqari sammitida iştirok etadi.
Tadbir taşkilotda raislik qilayotgan Ozarbayjon taşabbusi bilan taşkil etilmoqda. Unda Turkiy kengaşga aʼzo beşta davlat – Ozarbayjon, Qozoğiston, Qirğiziston, Turkiya va Özbekiston rahbarlari, şuningdek, Turkmaniston Prezidenti va Vengriya Boş vaziri iştirok etişi közda tutilgan.
Videoanjumanga Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining boş direktori Tedros Adxanom Gebreyesusning ham ulanişi kutilmoqda.
Kun tartibiga muvofiq, tomonlar koronavirus pandemiyasi tarqalişiga yöl qöymaslik borasida amalga oşirilayotgan birinçi navbatdagi tadbirlar yuzasidan fikr almaşadilar.
👉 @xushnudbek 👈


