Şavkat Mirziyoyev Turkiy kengaş sammitida iştirok etdi
Şavkat Mirziyoyev bugun Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşining videoanjuman tarzida ötkazilgan navbatdan taşqari sammitida iştirok etdi.
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev raisligida ötgan tadbirda, şuningdek, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdoğan, Qirğiz Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Vengriya Boş vaziri Viktor Orban hamda kengaş boş kotibi Bahdat Amreyev va Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) boş direktori Tedros Adxanom Gebreyesus iştirok etdi.
Prezidentimiz uşbu sammitda bir qator takliflarni bildirdi hamda mazkur taklif va taşabbuslar Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşi navbatdan taşqari sammitining yakuniy hujjatida – Boku deklaratsiyasida öz aksini topdi.

