Şavkat Mirziyoyev ŞHT sammitida iştirok etdi va nutq sözladi

Matn10-noyabr, 2020, 21:522 daqiqa0 koʻrish

​Şavkat Mirziyoyev Şanxay hamkorlik taşkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlari kengaşining videoanjuman şaklida ötgan navbatdagi majlisida iştirok etdi va nutq sözladi.

Vladimir Putin raisligida ötgan yiğilişda, şuningdek, Pokiston Boş vaziri Imron Xon (Pokiston), Emomali Rahmon (Tojikiston), Si Szinpin (Xitoy), Sadir Japarov (Qirğiziston), Qasim-Jomart Toqayev (Qozoğiston), Narendra Modi (Hindiston) iştirok etdilar.

Bundan taşqari, sammit işida ŞHT huzuridagi kuzatuvçi davlatlar vakillari – Aşraf Ğani (Afğoniston), Xaltmaagiyn Battulğa (Möğuliston), Hasan Ruhoniy (Eron), Roman Golovçenko (Belarus) hamda ŞHT Boş kotibi Vladimir Norov va ŞHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qömitasi direktori Jumaxon Ğiyosov qatnaşdilar.

BMT Boş kotibi Antoniu Guterriş sammit iştirokçilariga videomurojaat yölladi.

Sammit yakunida ŞHTga aʼzo davlatlar rahbarlari kengaşining Moskva deklaratsiyasi qabul qilindi.
Özbekiston taşabbusi bilan sammitda ŞHTga aʼzo davlatlar rahbarlarining Raqamli iqtisodiyot sohasidagi hamkorlik töğrisidagi bayonoti qabul qilindi.

Şavkat Mirziyoyev nutqidan ayrim parçalar:

- Özbekiston qardoş Qirğizistonning eng yaqin qöşnisi va strategik şerigi sifatida mamlakat xalqining tinç taraqqiyot va farovonlik sari intilişini har tomonlama qöllab-quvvatlaydi.

- Biz, şuningdek, Toğli Qoraboğ mojarosi hududidagi öt oçiş va barça harbiy harakatlarni butunlay töxtatiş töğrisida Rossiya Federatsiyasining faol kömagida erişilgan kelişuvlarni olqişlaymiz. Uşbu hududda tinç hayot va barqarorlik tez fursatda tiklanişiga umid bildiramiz.

- Har birimiz kuçli bölgan taqdirdagina, ŞHT ham kuçli böladi.

- Pandemiya şaroitida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarimizni rivojlantirişga yangi, şu jumladan, “nostandart” yondaşuvlarni birgalikda işlab çiqişni taklif etaman.

- ŞHTga aʼzo davlatlarning aholining ehtiyojmand qatlamlarini qöllab-quvvatlaş va kambağallikni qisqartiriş yönalişida hamkorlik çoralarni işlab çiqiş uçun Özbekistonda xalqaro forum ötkazişni taklif etaman.

- Pandemiya şaroitida soğliqni saqlaşga yangi masofaviy texnologiyalarni joriy etiş zarurati ham ortayotgani sababli Telemeditsina sohasidagi hamkorlik konsepsiyasini işlab çiqişni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.

- Bugun Afğonistonda uzoq kutilgan tinçlikka erişiş böyiça tarixiy imkoniyatni qöldan boy bermaslik har qaçongidan ham muhimdir.

- Kelgusi yili, Taşkilotimizning 20 yilligi arafasida, “ŞHTning zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimidagi roli” xalqaro konferensiyasini ötkaziş taklifini ilgari surmoqçiman.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek