Şavkat Mirziyoyev koronavirus böyiça vaziyat haqida
Şavkat Mirziyoyev:
«Yurtimizga çetdan kirib kelgan koronavirus kasalligiga çalinganlar soni 221 taga yetdi. Ming afsuski, körsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, bemorlardan 2 nafari vafot etdi. Ularning oila aʼzolari va yaqinlariga öz nomimdan, butun xalqimiz nomidan çuqur taʼziya bildirib, sabr-toqat va bardamlik tilayman.
Aziz yurtdoşlar!
Bugungi kunda mamlakatimizda 100 ming kişi karantinga olingan. Şuningdek, çet eldan salkam 13 ming fuqaro olib kelinib, ular ham töla karantinga olindi. Toşkent viloyatida 10 ming kişini qabul qilişga möljallangan karantin zonasi barpo etilmoqda. Uning dastlabki bir qismiga xorijdan kelgan 2 ming 200 dan ortiq fuqarolarimiz joylaştirildi.
Zangiota tumanida 10 ming örinli 2 ta virusologiya şifoxonasi qurilmoqda. Yaqin kunlarda uşbu şifo maskanlaridagi 2 mingta örin işga tuşiriladi.
Hozirgi kungaça 245 mingta test, 700 mingga yaqin himoya vositalari olib kelinib, davolaş muassasalariga yetkazildi. Bu işlar yana davom ettirilmoqda».
👉 @xushnudbek 👈



