Şavkat Mirziyoyev: Migrantlar heç qaçon soliqqa tortilmaydi

Matn16-oktabr, 2021, 11:061 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Migrantlar — fidoyi farzandlarim. Agar rahbar bölib işlasam, ular heç qaçon soliqqa tortilmaydi — Şavkat Mirziyoyev

Prezidentlikka nomzod Şavkat Mirziyoyev Toşkent viloyatida saylovçilar bilan uçraşmoqda. Uçraşuv çoğida u sönggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinayotgan Alişer Qodirovning migrantlarni soliq tortiş haqidagi fikrlariga munosabat bildirdi.

«Nomzod sifatida bu masala böyiça özimning pozitsiyamni aniq aytib ötmoqçiman. Hozirda 2,5 milliondan ziyod fuqarolarimiz xorijda mehnat faoliyatini olib bormoqda. Ular topayotgan daromadlaridan xorijda soliqlarni töliq tölab, qolgan qismini öz oilasiga jönatmoqda. Vatandan uzoqda mehnat qilib, ham özini, ham oilasini boqayotgan yurtdoşlarimizga, faqat rahmat aytiş kerak.

Bir narsani aniq tuşunib oliş kerak: bu — soliqqa tortiladigan daromad emas! Fuqaromiz öz oilasiga bergan kömagini, daromad deb soliqqa tortib bölmaydi.

Migrantlar mening fidoyi farzandlarim. Bir paytlar ularga nisbatan notöğri taʼrif işlatilgan edi. Lekin men bu fikrga qöşilmaganman. Özingiz öylang, ular nima uçun xorijga işga ketişgan? Noilojlikdan! Agar biz bu yerda iş bilan taʼminlab berganimizda ular xorijga ketarmidi? Yöq! Mana, 90-yillarda migrantlar yöq edi-ku.

Sönggi kunlarda ularni daromad soliğiga tortiş haqida turli fikrlar bildirilyapti. Lekin işontirib aytmoqçimanki, agar men şu yurtda rahbar bölib işlasam, ular heç qaçon soliqqa tortilmaydi. Aksinça, ularga Özbekistonda şaroit yaratib berişga harakat qilamiz», — dedi Şavkat Mirziyoyev.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek