Haydovçilik guvohnomasini olib yuriş tartibi bekor böladi

Matn16-oktabr, 2021, 09:411 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

⚡️Kelasi yil 1-martdan haydovçilik guvohnomasini yonida olib yuriş tartibi bekor böladi

YHXX inspektorining haydovçidan haydovçilik guvohnomasini talab qilişni bekor qilişni nazarda tutuvçi Hukumat qarori qabul qilindi.

✅ Qarorga köra, 2022-yil 1-martdan identifikatsiya ID-kartaga ega fuqarolarga tegişli transport vositasi haydovçisidan:

➖ yangi namunadagi haydovçilik guvohnomasi;
➖ transport vositasini röyxatdan ötkazganlik töğrisidagi, transportga egalik qiliş, egasi yöqligida undan foydalaniş yoki uni tasarruf etiş huquqini tasdiqlovçi hujjatlar;
➖ transport egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suğurta qiliş böyiça suğurta polisini talab qiliş amaliyoti bekor qilinadi.

📱 Haydovçining yöl-patrul xizmati inspektoriga taqdim etilişi lozim bölgan hujjatlari yonida bölmagan taqdirda ular maxsus planşet qurilmasi yordamida identifikatsiya ID-kartasi orqali tekşiriladi.

❗️BU MUHIM:

1️⃣ Uşbu tartib faqat ID-karta egalariga taalluqli. Biometrik pasport egalariga amal qilmaydi.
2️⃣ Bu degani "prava", işonçnoma yoki suğurta polisi umuman bölmasa ham maşina haydaş mumkin degani emas. Ular albatta bölişi kerak, faqat uni yonida olib yuriş şart bölmaydi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 2
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek