Talabalarga bir xil stipendiya tölaş noqonuniyligi haqida

Matn10-yanvar, 2020, 12:283 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Bir xil stipendiya tölaşga hozirça Hukumatning haqqi yöq. Talabalar bilan qayta hisob-kitob qilinişi kerak

Yodingizda bölsa, yangi yildan avval talabalarga bir xil stipendiya tölaş noqonuniy ekanligi haqida qisqaça yozgandim. Aslida niyatim bu mavzu böyiça videorolik qiliş hamda stipendiyaga oid masalalarni batafsil yoritiş edi. Ammo bunga böş vaqtim va texnik imkoniyatim bölmadi. Şuning uçun tinçgina matnli qilib tuşuntira qolay dedim.

Ijtimoiy tarmoqlarda köpçilik «stipendiyani yana avvalgi körinişga qaytaraylik» deb yozişadi. Huquqşunos sifatida bu fikrlarga qöşilmayman. Sababi Özbekistonda tabaqalaştirilgan stipendiya tölaş hali bekor qilingani yöq, u hozir ham öz kuçida turibdi.

Bugungi kunda talabalarga stipendiya tölaş tizimi 2004-yil 10-martda tasdiqlangan hamda Adliya vazirligidan 1339-son bilan röyxatdan ötkazilgan Yöriqnoma bilan tartibga solinadi. Uşbu Yöriqnomaning 3-bandida talabalarga tabaqalangan koeffitsiyentlarni qöllaş orqali stipendiya tölaş belgilangan.

Uşbu Yöriqnomaga hozirça özgariş kiritilgani yoxud mazkur Yöriqnomaning amal qiliş muddati töxtatib turilgani yöq.

«Normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida»gi Qonunning 35-moddasi hamda «Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlaş va qabul qiliş qoidalari»ning 120-bandiga binoan, normativ-huquqiy hujjatning yoki uning qismining amal qilişi uni qabul qilgan organ yoxud uning yuqori turuvçi organi tomonidan muayyan muddatga yoki muayyan hodisa yuz berguniga qadar töxtatib turilişi mumkin va bu tegişli idoraviy normativ-huquqiy hujjat bilan amalga oşiriladi.

Hozirgaça yuqoridagi Yöriqnomaning amal qilişi töxtatib qöyilgani yöq yoki şunga oid birorta idoraviy normativ-huquqiy hujjat qabul qilinmadi (eʼlon qilinmadi, röyxatga olinmadi).

Unda sentabr oyidan barça talabalarga bir xil 400 ming söm stipendiya tölandiku, bu qanday huquqiy asosga ega edi? Heç qanday!

Şunçaki, Moliya vaziri örinbosari O.Isakov hamda Oliy va örta maxsus taʼlim vaziri örinbosari S.Buzrukxonovning OTM rektorlariga yöllagan qöşma xatini kördik xolos. Öşa xatda stipendiya tölaş tartibiga özgariş kiritilayotgani sababli 1-sentabrdan hammaga 400 ming söm stipendiya (va yana boşqa qoidalar asosida) tölaşni taʼminlaş söralgan.

Vaholanki, uşbu xat asosida amalda öz kuçida bölib turgan Yöriqnomadagi tabaqalaştirilgan stipendiya tölaş tartibini inkor qilib, barçaga bir xil stipendiya tölaş – noqonuniy edi! Vazir örinbosarlarining xati normativ-huquqiy hujjat hisoblanmaydi va amaldagi NHHni töxtatib turiş, boşqa yangi qoidalar belgilaşga ularning haqqi yöq.

Xulosa

Qissadan hissa şuki, toki haligaça Hukumatning stipendiyaga oid yangi qarori rasman tasdiqlanmagan ekan, demak OTMlar talabalarga tabaqalaştirilgan stipendiya tölaşga majbur. Hukumat zudlikda sentabr oyidan boşlab talabalar bilan qayta hisob-kitob qilişi şart va zarur! Bu qonun talabi, men öylab topgan yangilik emas.

Xuşnudbek Xudoyberdiyev,
huquqşunos, bloger, Respublika oliy taʼlim kengaşi aʼzosi

P.S-1: lekin şaxsan men talabaga öqisa, öqimasa, darsga kelsa, kelmasa, biror narsani bilsa, bilmasa ham stipendiya tölaşga mutlaqo qarşiman. Talabalar şunçaki olgan bahosi böyiça emas (u bahoni qanday olgan Xudo biladi), balki ijtimoiy faolligi, ilmiy izlanişlari, fanga bölgan qiziqişi, oilaviy şaroitiga qarab stipendiyalar tölanişi tarafdoriman. Hozirgi boqimandalik tizimini qayta körib çiqiş kerak. Ammo bu narsa qonun doirasida bölsin, amaldagi Yöriqnoma haliyam öz kuçidami, demak eng avvalo şunga rioya qilinsin. Şuningdek, xorijdagiga öxşab nodavlat taşkilotlar, fondlar turli stipendiyalar eʼlon qilsa yaxşi bölardi.

P.S-2: bir narsani unutmang, agar talabalar bilan sentabrdan qayta hisob-kitob qilinsa, 1-kursdagi 100% talabalar hamda yuqori kursdagi semestrni “3” bahoga yopgan 62% talabalar uçun zarar böladi. Sababi ular aslida 370 ming söm stipendiya olişi kerak edi, ammo yangi tizimda ularga aslida qimmatroq - 400 ming söm stipendiya tölandi. Demak, taxminan 200 mingdan köproq talaba 120 ming söm (4x30.000) qarz böladi va qayta hisob-kitob qilinsa, şu pulni qaytarib tölaşi kerak.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek