Qabr qaziş xizmati narxlari oşirilişiga huquqiy şarh
Şahar hokimi qarori loyihasi böyiça
Ijtimoiy tarmoqlarda qabr qaziş uçun tölanadigan haq miqdorini oşiriş haqidagi hokim qarori köplab muhokamalarga sabab böldi. Oçiği qabr qazuvçi görkovlarga xizmat haqi tölanişini eşitib, buning ustidan kulayotganlarni unça tuşunmadim.
Adliya vazirligi uşbu loyiha yuzasidan quyidagiça huquqiy şarh beribdi, öqib qöysangiz ziyon qilmaydi deb öyladim:
Birinçidan, «Dafn etiş va dafn işi töğrisida»gi Qonun bilan uşbu yönalişdagi asosiy munosabatlar tartibga solinadi. Xususan, Qonunning 4-moddasiga asosan dafn etiş joylari tuman, şahar davlat hokimiyati organlarining bevosita tasarrufida böladi.
Ikkinçidan, «Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida»gi qonunning 6-moddasiga muvofiq hokimlar öz vakolatlari doirasida tegişli hududdagi barça taşkilotlar va aholi uçun majburiy bölgan qarorlar qabul qilişi mumkin. Bunday tusdagi qarorlar loyihalari hududiy adliya organlari tomonidan huquqiy ekspertizadan ötkaziladi.
Uçinçidan, muhokamaga sabab bölayotgan loyihada nazarda tutilgan ijtimoiy munosabatni tartibga soliş hokimliklar zimmasiga yuklangan. Xususan, Hukumatning 2011-yil 4-apreldagi qarori bilan tasdiqlangan Dafn etiş joylarini saqlaş, ulardan foydalaniş va qabr usti yodgorliklarini örnatiş tartibi töğrisidagi nizomda esa gör qaziş va marosim xizmatlari uçun pulli xizmatlar Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari tomonidan belgilanadigan tariflar böyiça amalga oşirilişi belgilangan.
Törtinçidan, qabristonlarni obodonlaştiriş, mukammal va joriy taʼmirlaş, ularni zarur darajada saqlaş mahalliy budjet mablağlari hisobidan amalga oşiriladi. Qabr qaziş va marosim xizmatlari böyiça işçilar esa pulli xizmatlardan tuşgan mablağlar hisobidan oylik olişadi.
Beşinçidan, hozirgi vaqtda ham barça hududlarda dafn etiş joylaridagi xizmatlar haqi miqdori tegişli viloyat hokimi qarori bilan tasdiqlangan tariflar böyiça undiriladi. Masalan, Samarqand viloyat hokimining 2019-yil 13-avgustdagi 213-q-son qaroriga muvofiq, katta ölçamda musulmonça qabr qaziş uçun 84 964 söm pul undirilişi nazarda tutilgan. Toşkent şahar hokimining 2018-yil 3-maydagi qaroriga asosan katta ölçamda musulmonça qabr qaziş uçun 92 000 söm miqdorda pul undirilişi belgilangan.
Oltinçidan, taklif etilayotgan loyiha hududiy moliya organi bilan kelişilgan. Narxlar oylik iş haqi, sarflanayotgan materiallar qiymatining oşganligi munosabati bilan qayta körib çiqilmoqda», - deyiladi xabarda.
👉 @xushnudbek 👈

