Talabalarning taʼtili böyiça rasmiy tuşuntiriş

Matn15-mart, 2020, 22:302 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

⚡️Talabalarning taʼtili böyiça rasmiy tuşuntiriş

Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi vaziyatga izoh berdi:

👉 barça oliy taʼlim muassasalari (OTM), akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida 2020-yil 16-martdan eʼtiboran öqiş töxtatilib, öquvçi-talabalar ikki hafta muddatga (hozirça) taʼtilga çiqariladi, taʼlim muassasalarida karantin joriy qilinadi;

👉 Toşkent şahrida joylaşgan OTMlar talabalar turar joylari (TTJ)dan talabalar doimiy yaşaş joylariga yuboriladi va TTJlar 18-mart kuni, viloyatlarda joylaşgan OTMlar TTJlari joriy yil 17-mart kuni yopiladi;

👉 boşqa viloyatlardan kelib, Toşkent şahrida tahsil olayotgan öquvçi-talabalar avtobus, poyezd va samolyotlarda doimiy yaşaş joylariga qaytişi uçun quyidagi manzillarda imtiyozli çiptalar sotilişi yölga qöyiladi:

- ÖzMU, vazirlik huzuridagi «Maʼnaviyat va maʼrifat» Markazi, ÖzDJTU, TTA TTJ va öquv binosi, TIQXMMI TTJ, TDPU TTJ;

👉 OTMlarda mavjud modullar professor-öqituvçilar tomonidan tegişli kontent bilan töldiriladi va taʼlim masofaviy şaklda amalga oşiriladi;

👉 vazirlikda, OTMlarda (prorektorlar, fakultet dekanlari, murabbiylardan iborat) ştablar tuziladi va talabalarning taʼtilga çiqişi bilan boğliq taşkiliy işlar muvofiqlaştirib boriladi;

👉 taʼlimning sirtqi şaklida tahsil olayotgan talabalar hamda malaka oşiriş kurslariga jalb qilingan öqituvçilar uçun taʼlim on-layn şaklda taşkil qilinadi;

👉 har qanday ommaviy tadbirlar (konferensiyalar, Navröz bayrami va b.) ötkaziş taqiqlanadi, OTM ilmiy kengaşi yiğilişi ixçamlaştirilgan tarkibda ötkaziladi, ixtisoslaşgan kengaşlar faoliyati bundan mustasno;

👉 OTMlar va vazirlik örtasida uzluksiz axborot almaşinuvi yölga qöyiladi.

@xushnudbek

  • 👍 2
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek