Saylovda iştirok etiş böyiça tavsiyalar
«Saylovga borişim kerakmi?» deb ikkilanayotganlar uçun yana bir bora tavsiya qilmoqçimanki, kunimiz «qovunçilarga» qolmasligi uçun ham saylovga borib, nisbatan yaxşiroq nomzodlarga ovoz berib keling.
Ötgan saylovlarda kelmagan fuqarolar örniga saylov uçastkadagilarning özi özlari istagan nomzodga ovoz berib, paçkalab böş byulletenlarni töldirib taşlaşar edi. Bu yil qanaqa böladi, Xudo biladi, lekin heç bölmasa örnimizga boşqalar ovoz bera olmasligi uçun ham saylovga boraylik.
Agar kimlardir, masalan hokimtöralarning odamlari, qinğir yöllar bilan saylanişni umid qilib yurgan bölsa, öşa noinsoflarning işini oğirlaştiriş uçun ham saylovlarga borib, nisbatan yaxşiroq nomzodga ovoz berib yoki juda istasangiz heç kimga ovoz bermasdan kelaylik.
Töliq video: https://youtu.be/m4Ba1dknris

