Özbekistondagi 18 yillik taʼlim tizimi muammolari

Matn6-fevral, 2019, 11:022 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Bir narsa meni doim öylantiradi, kezi kelsa xavotirga soladi.
Mana, qarang, bizdagi taʼlim tizimi davomiyligini bir hisoblab köring:

9 yil – maktab;
3 yil – kollej/litsey;
4 yil – institut;
2 yil – magistratura.

Jami - 18 yil, qoyilmisiz?

Lekin 18 yil taʼlim olib, öz ismini töğri yoza olmaydiganlar borligini qanday tuşunsa böladi-a?!

18 yil turli dargohlarda, turli bosqiçlarda, turli ustozlardan taʼlim olib, özining tayinli şaxsiy fikriga ega emas, dunyoqaraşi xuddi 1-sinf öquvçisinikiday tor, mantiqdan 80 km uzoq yoşlarning borligini qanday izohlaş mumkin?!

Qanaqasiga 7 yoşdan to 25 yoşgaça öqitamizu, lekin ular heç vaqoni bilmasligi mumkin?!

Ahvol bu darajada bölişi uçun taʼlim tizimi qançalar çirkin va rasvo bölişi kerak, hayronman.

Baʼzan yuqoridagilarni öylab şunçaki qörqib ketaman. Şunça yil xalqning milliardlab puli kökka sovurilganmi şunda? Lekin faqat birgina xulosa menga sal taskin beradi: agar şu pullar sarflanmaganda, ahvol bundan ham beş battar bölar edi.

18 yillik umrçi, umr? Faqat sandiqda çang bosib yotadigan diplomlar uçun ötib ketganmi şunça yillar?

Bölar iş böldi, vaqtni orqaga qaytarib bölmaydi. Asosiysi bundan keyin xatolardan töğri xulosa çiqarib, taʼlimga bor kuç-quvvatimizni taşlaşimiz kerak. Bunda faqat hukumatni nazarda tutmayapman, ota-onalar ham farzandlarining taʼlimiga birinçi navbatda hammadan köproq qayğurişimiz kerak. «Men farzandimning tarbiyasiga masʼul, sizlar taʼlimiga», deb beparvo böladigan zamonlar ortda qolişi kerak.

Şunday deymizu, barça tarbiyani ham eplab bera olmayaptiku, ming afsuski...

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

  • 👍 2
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek