Samarqandda bankni ömarmoqçi bölgan kimsa qölga olindi

Video5-fevral, 2019, 10:563 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Samarqandda bankni ömarmoqçi bölgan kimsa qölga olindi

30-yanvarga ötar keçasi sovuq qurollar bilan qurollangan jinoyatçi AT «Xalq banki» Payariq tuman filialiga yaşirin tarzda kirişga uringan.

Payariq tuman IIB Qöriqlaş bölimi xodimi Jamşid Majidov uni sezib qolgandan söng, bankka kirişga uringan nomaʼlum şaxs qoçayotgan vaqtida unga öziga biriktirilgan quroli öqlanganini aytib «töxta otaman» deb ogohlantiriş bergan.

U qoçişni davom ettirgaç, qurolidan bir marotaba yuqoriga qarab öq uzadi va unga yerga yotişini talab qiladi. Şundan söng nomaʼlum şaxs joyida töxtaydi. Qöriqlaş bölimi xodimlari uni uşlab, navbatçilik qismiga xabar berişadi.

Uşlangan şaxs yonidan 30 va 15 santimetrli uçlari ötkirlangan temir jismlar, piçoq, qölqoplar, polietilen sumka va boşqa buyumlar borligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 25, 169-moddasi 4-qismi «a» bandi (juda köp miqdorda öğrilik qilişga suiqasd) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek