Qöqondagi jinoiy guruhning qotillik jinoyati foş etildi

Matn4-fevral, 2019, 12:112 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Qöqondagi jinoiy guruh qotillik ham sodir etgan

Qöqon şahrida odamlarni hayoti va soğliği uçun xavfli bölgan zörlik işlatiş bilan qörqitib, özgalarning mulkini bosqinçilik va öğirlik yöli bilan talon-toroj qilgan jinoiy guruh qölga olinib, ularga nisbatan sud hukmi çiqarilgan edi.

Sobiq içki işlar xodimi boş bölgan mazkur jinoiy guruh qotillik jinoyatini ham sodir etgani aniqlandi.

M.Olimov (ismlar özgartirilgan) Qöqon şahar IIB HOOB profilaktika noziri lavozimida işlab kelgan davrda Ş.Nazarova bilan tanişib, şaʼriy nikoh asosida uning xonadonida yaşab kelib, qiz farzandli bölişib, oila qurişga ahdlaşgan bölsada, onasi unga uylanişiga rozilik bermasdan, 2014-yil yanvar oyida onasining tavsiyasiga köra K.G bilan qonuniy nikohdan ötib, unga uylanadi. Buni M. Olimov Ş.Nazarovadan yaşirişga harakat qilgan bölişiga qaramasdan u bundan xabar topib, K.Gning iş joyiga borib u bilan özaro janjallaşgan va M. Olimov qonuniy turmuş örtoği K. G bilan yaşaşni davom ettirsa, uning jinoiy şeriklari bilan amalga oşirgan qonunga xilof işlari va axloqqa zid qilmişlari haqida maʼlumotlarni huquqni muhofaza qiluvçi organ rahbarlariga topşirişni bildirgan. Şu bilan topşirmaslik evaziga 4 ming AQŞ dollari berişni talab qilib, uni qörqitib kelgan.

Şundan söng, M. Olimov, ukasi Uçköprik tumanida profilaktika inspektori vazifasida işlab kelayotgan J.Olimov va şerigi A.Bakimatovlar bilan bir guruh bölib, muqaddam sodir etgan jinoyatlarining foş etilişini oldini oliş uçun Ş.Nazarovani qasddan öldiriş harakatiga tuşişadi. Ular 2014-yil 25-aprel kuni soat 00:18 larda Ş.Nazarovaning yaşaş xonadoni oldiga kelişib, uni maşinaga ötirğizadi. Ayol qabih niyatli bu kişilarning qölida ölim topdi.

Şundan söng, oldindan kelişuvga köra, mazkur qotillik jinoyatini yaşiriş maqsadida uning murdasini qabristonga olib kelişib, kömib yuborişgan.

Oradan yillar ötib, ularning boşqa jinoyatlari yuzasidan olib borilayotgan tezkor tadbirlar davomida uşbu qotillik jinoyati ham foş etildi.

Jinoyat işlari Farğona viloyati sudining hukmi bilan M. Olimovga avvalgi jazoni yangi jazoga qisman qöşilib, uzil-kesil ötaş uçun 20 yil, J. Olimov va A. Bakimatovlarga esa 19 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek